So’nggi yangiliklar

23:36"Челси" Кукурельяга янги шартнома таклиф қилади  0 23:17Луис Диас қачон "Бавария" футболчиси сифатида таништирилиши маълум бўлди  0 22:52Расман: "Насаф" нигериялик футболчи билан шартнома имзолади  4 22:40Турғунбоев "Пахтакор"да қайси рақамни танлади?  4 22:15Расман: "Навбаҳор" бразилиялик футболчи билан шартнома имзолади  7 22:10Расман: "Насаф" албаниялик ҳужумкор ярим ҳимоячи билан шартнома имзолади  8 22:05Расман: "Андижон" Токотаевни ўз сафига қўшиб олди  6 21:38"Навбаҳор" Суперлиганинг биринчи даврасини "Нефтчи"да ўтказган икки ўйинчи билан шартнома имзолади  5 21:15"Интер" Лукман учун таклиф қилган таклиф "Аталанта"га ёқмади  0 20:50Жанлуижжи Доннарумма чиндан ҳам ПСЖдан кетиши мумкин – ҳаттоки ЕЧЛдаги ғалабадан кейин ҳам  1 20:31Расман: Шаҳзод Тоиров — ОКМК футболчиси!  1 20:25"Наполи" "Ливерпуль" футболчисини ижарага олмоқчи  0 19:59Тоттининг ўғли босим туфайли футболдан кетди  2 19:32Тер Штеген Францияда операция қилинади  3 19:05Алиссон Осиё турнеси давомида "Ливерпул"ни тарк этди  1

Adam Lallananing bahs so'nggida urgan goli "Liverpul"ni MYU bilan o'yinda mag'lubiyatdan qutqarib qoldi Yangiliklar

Adam Lallananing bahs so'nggida urgan goli "Liverpul"ni MYU bilan o'yinda mag'lubiyatdan qutqarib qoldi

Angliya Premer-ligasi 9-tur doirasidagi "Manchester Yunayted" va "Liverpul" jamoalari o'rtasidagi o'yin yakunlandi.

Manchester. "Old Trafford" stadioni

Bosh hakam: Martin Atkinson

Hakam yordamchilari: Li Betts, Konstantinos Xatcidakis

Zaxira hakami: Jonatan Moss

"Manchester Yunayted" - "Liverpul" 1:1

Gol: Markus Reshford (36) - Adam Lallana (85)

"Manchester Yunayted": David De Xea, Eshli Yang, Eron Van-Bissaka, Lindelyof, Markos Roxo, Deniel Jeyms, Skott Maktomini, Andreas Pereyra, Fred, Xarri Maguayr, Markus Reshford

"Liverpul": Alisson Beker, Endryu Robertson, Trent Aleksander-Arnold, Virjil van Deyk, Joel Matip, Fabino, Jorjino Veynaldum, Jordan Xenderson, Sadio Mane, Divok Origi, Roberto Firmino

Manchester United

Marcus Rashford - 36'

Premier League . 9-tur

20/10/2019, 21:30

1
:
1
Tugadi

Liverpool

Adam Lallana - 85'

Stadion: Old Trafford, 73737 tomoshabin

Bosh hakam: Martin Atkinson

45'
90'
36'  Marcus Rashford
36'  Daniel James
84'  Marcus Rashford (Anthony Martial)
90'  Andreas Pereira (Brandon Williams)
44'  Sadio Mane
60'  Divock Origi (Alex Oxlade-Chamberlain)
70'  Fabinho
71'  Jordan Henderson (Adam Lallana)
82'  Georginio Wijnaldum (Naby Keita)
85'  Adam Lallana
85'  Andrew Robertson


O'YIN YAKUNLANDI

90+4. "Manchester Yunayted"da o'zgarish. 19 yoshli Brendan Vilyams Andreas Pereyrani almashtirdi.

90. Ikkinchi bo'limga hakam tomonidan 5 daqiqa qo'shib berildi.

89. "Liverpul" endi g'alabaga harakat qilmoqda. MYU darvozasi tomon hujumlar yomg'iri uyushtirilmoqda.

85. GOOOOOOOOOOL!!! Adam Lallana hisobni tenglashtirdi. Jarima maydonchasi ichiga tashlab berilgan to'p ko'p futbolchilardan o'tib Lallananing oyog'iga kelib tushdi. U esa to'pni De Xea darvozasiga joylab qo'ydi.

84. Ajoyib harakat qilgan Markus Reshford o'z o'rnini Entoni Marsyalga bo'shatib berdi.

82. Mersisaydliklarda so'nggi o'zgarish: Veynaldum o'rniga Keyta.

82. Qiziq! Muxlislar suratdagi insonga atab qo'shiq kuylashmoqda. Ha, bu Joze Mourino. Ammo nega? Hozircha Sulsher boshchiligidagi jamoa g'alaba qozonmoqda.

79. Bu o'yin 9-turning so'nggi o'yini ekanligini hisobga olsak va 1:0 saqlanib qolsa, "qizil iblislar" 8-o'ringacha yuqorilashadi, "Liverpul" va "Manchester Siti" o'rtasidagi farq esa 5 ochkogacha qisqaradi.

75. "Manchester Yunayted"da kutilganidek qarshi hujumlarda ko'p imkoniyatlar yuzaga kelmoqda. "Liverpul" esa tabiiyki APLning joriy mavsumida ilk mag'lubiyatini qabul qilib olishni xohlamayapti.

71. Kloppdan navbatdagi o'zgarish. O'yinni qutqarish uchun maydonga Adam Lallana tushirildi. U jamoa sardori Jordan Xendersonni almashtirdi.

70. Atkinson axiyri "yorildi". Braziliyalik Fabino Jeymsni yiqitgani uchun sariq kartochka bilan "siylandi". Bu o'yindagi ilk sariq kartochka.

67. Markuss! "Qizil iblislar" qarshi hujumdan unumli foydalanishi mumkin edi. Ammo, hisobni ochgan futbolchining zarbasiga bu safar ozgina aniqlik etishmadi.

65. Yurgen Klopp o'z etirozlarini zaxira hakami Jonatan Mossga aytishdan charchamayapti.

63. "Liverpul" ikkinchi bo'limda nisbatan ustunlikka ega bo'lmoqda. Ammo, bu faqat to'pga egalik qilishda ko'rinmoqda.

59. "Liverpul"da o'zgarish. Maydonga Aleks Oksleyd-CHemberlen tushirildi, u Divok Origini almashtirdi.

55. Klopp va uning jamoasi asabiylashmoqda. Maydonda esa haqiqiy "jang" ketmoqda. MYU mehmonlarning hujumga zo'r berishga urinishidan foydalanib ketishi mumkin, aksincha "Liverpul" gol ursa hammasi boshidan boshlanadi.

50. Juda yoqimsiz vaziyat. MYU o'yinchisi Deniel Jeyms vaziyatlardan birida o'zidan bir muncha gavdasi katta bo'lgan Virjil Van Deykka shunchaki borib urildi.

- VAR pultida Ser Aleks?) SHubhali goldan so'ng turli bahs-munozaralar yangramoqda.

46. Ikkinchi bo'limga start beruvchi xushtak chalindi.

- Jamoalar maydonga chiqib kelishmoqda.

- Birinchi bo'limdagi kurashlardan olingan suratlar

TANAFFUS

46. Birinchi bo'limga Atkinson tomonidan 1 daqiqa qo'shib berildi.

45. Yo'q, yo'q. Mane to'pni qo'l bilan o'ynagan, hisob o'zgarmadi.

44. GOOOOOOOOOL!!!! Sadio Mane hisobni tenglashtirdi. Lindelyof vaziyat antiqahramoni bo'ldi. Ammo, to'p Sadioning qo'liga tekkanga o'xshadi, VARga quloq tutamiz...

38. MYU muxlislari cho'chib turishgan edi, ammo VAR golni tasdiqladi.

36. GOOOOOOOOOOOLLLLL! Reshford hisobni ochdi! Jeymsning pasidan so'ng yosh hujumchi to'pni darvozaga joylab qo'ydi.

34. "Liverpul" qarshi hujumda gol urib ketishi mumkin edi. Mane faollik ishlatib jarima maydonchasi ichigacha kirib bordi va Firminoni to'p bilan taminladi, ammo braziliyalik o'yinchining zarbasi juda kuchsiz.

31. Mersisaydliklar sardori Jordan Xenderson Eshli Yangga qarshi qo'lini ishlatdi, Atkinson esa uni kechirdi va og'zaki tarzda tanbeh berdi.

25. Navbatdagi muvaffaqiyatsiz zarba. Bu safar Maktomini jarima maydonchasiga kiraverishda zarba berdi. Uning zarbasi aniq, ammo juda bo'sh.

24. Onlayn jadvalda shubhasiz "Liverpul" 1-o'rinda, "qizil iblislar" esa 13-o'ringa joylashishgan.

18. Hozirgi daqiqaga kelib MYU 1ta, "Liverpul" esa 2ta zarba berdi. Faqatgina "Liverpul"ning 1 zarbasi darvoza tomon aniq bordi.

13. Havfli vaziyatlar sodir etilmayapti. Temp past deb bo'lmaydi, ammo jamoalar himoyada bexato o'ynagan holda, raqiblariga jiddiy xavfli vaziyat yaratish imkoniyatini qoldirishmayapti.

9. Hozirda darvozalar tomon birorta zarba berilmadi. MYU maydon egasi sifatida o'yinni boshqarishga intilmoqda va to'p bilan biroz ko'proq muomala qilmoqda.

5. O'yin kutilganidek juda yuqori tempda boshlandi. Har ikki jamoa ham startda o'yinni o'z nazorati ostiga olishga urinmoqda.

1. O'yinga start berildi.

- Ko'rib turganingizdek o'yin oldidan "Manchester Yunayted" muxlislari klub prezidenti Joel Gleyzer va ijrochi direktori Ed Vudvortlardan noroziliklarini ochiqchasiga namoyish qilishmoqda. Yozuvlarda esa MYUdan 1 milliard funtdan ortiq mablag' o'g'irlangani haqidagi yozuvga ko'zimiz tushishi mumkin.

- Assalomu alaykum hurmatli Championat.asia sayti o'quvchilari, bir necha daqiqalardan so'ng Manchesterdagi "Old Trafford" stadionida "Manchester Yunayted" va "Liverpul" jamoalari o'rtasidagi qiziqarli kechishi kutilayotgan o'yinni birgalikda kuzatib boramiz. 

Reyting: +26   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика