"Manchester Yunayted" "Kristiansunn"ni bazo'r mag'lubiyatga uchratdi Yangiliklar

"Manchester Yunayted" "Kristiansunn"ni bazo'r mag'lubiyatga uchratdi

Angliyaning "Manchester Yunayted" klubi Norvegiyaning "Kristiansuun" jamoasiga qarshi kechgan o'rtoqlik o'yinida minimal hisobda g'alaba qozondi.

"Kristiansunn" (Norvegiya) – "Manchester Yunayted" (Angliya) – 0:1 (0:0)

Gol: 0:1 – Mata (92)

"Manchester Yunayted": De Xea (Romero, 60), Uan-Bissaka, Jons (Tuanzebe, 61), Lindelyof (Grinvud, 63), SHou (Mata, 60), Matich (Pogba, 60), MakTominey (Roxo, 60), Jeyms (Fred, 60), Lingard (CHon, 60), Marsyal (Dalot, 60), Reshford (Pereyra, 62).

Qayd etish kerakki, o'yinning 87-daqiqasida norvegiyaliklar tarkibida o'zgarish sodir bo'ldi. Maydonga MYU bosh murabbiyi Ule Gunnar Sulsherning o'g'li Noa tushdi. Bu uning futbolchilik faoliyatidagi dastlabki o'yin bo'ldi.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика