"Manchester Yunayted" "Kristal Pelas" darvozabonini nishonga oldi
04 jan 2023 22:07
Yangiliklar
"Manchester Yunayted" "Kristal Pelas" darvozabonini nishonga oldi
MYU "Kristal Pelas" posboni Jek Batlendni sotib olish borasida muzokaralar olib bormoqda.
Bu haqda "Daily Telegraph" xabar tarqatdi.
Manbaga ko'ra, "qizil iblislar" 29 yoshli angliyalikni zaxira darvozaboni sifatida safiga qo'shib olmoqchi. Oldinroq "Nyukasl" Erik ten Hag jamoasining zaxira darvozaboni bo'lgan va 2 ta o'yinda qatnashgan Martin Dubravkani "Manchester Yunayted"dan ijaradan qaytarib olgandi.
"Manchester Yunayted" "Kristal Pelas" bilan muzokaralarga kirishishdan umidvor, chunki Batlendning bitimi 2022/23 yilgi mavsum oxirigacha amal qiladi.
Batlend joriy mavsum "Kristal Pelas" tarkibida maydonga tushmadi. Transfermarkt portali futbolchining narxini 1,5 million evroga baholamoqda.
O’xshash yangiliklar
18:13
Aleks Fergyuson uning g'azabini qo'zg'ash badali qay darajada og'ir bo'lgani haqida gapirib berdi 2
Fikrlar