"Manchester Yunayted" klubi "Ayaks" forvardini qo'lga kiritdi
01 iyu 2019 22:30
Yangiliklar


"Manchester Yunayted" klubi "Ayaks" forvardini qo'lga kiritdi
Ayaks akademiyasi tarbiyalanuvchisi bo'lgan Dillon Xugeverf faoliyatini Manchester Yunayted klubida davom ettiradigan bo'ldi.
16 yoshli forvard bu haqda instagram'dagi rasmiy sahifasiga joylagan videoroligi orqali xabar qilgan. Ular o'rtasidagi kelishuv o'tgan haftada amalga oshgani malum bo'ldi. Xugeverf amsterdamliklarning shartnomani uzaytirish bo'yicha taklifini rad etgan.
Avvalroq, «qizil iblislar» mazkur klubning boshqa bir futbolchisi Matteys de Ligt bilan muzokaralar o'tkazayotgani haqida aytilgandi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar