"Manchester Yunayted" kibersport jamoa ochishga qiziqib qoldi
10 iyu 2016 14:36
Yangiliklar
"Manchester Yunayted" kibersport jamoa ochishga qiziqib qoldi
Oldinroq bir nechta mashhur klublar tarkib tuzishga ulgurgani haqida xabar bergan edik.
Kecha Reddit saytida "Manchester Yunayted" Overwatch o'yini bo'yicha nomi oshkor qilinmayotgan jamoa o'yinchilarini xarid qilmoqchi ekanligi haqida malumot paydo bo'ldi. Kibersport sanoatidagi gigant "Fnatic" ham shu yigitlarga qiziqayotgan ekan va ularga futbol klubidan yaxshiroq shartnoma taklif qildi.
"Fnatic" jamoasining akciyalari 42,5 mln. dollarga baholangan, "Manchester Yunayted"ning narxi esa 3,3 mlrd. dollar. SHu sababli Manchester shahri jamoasi kibersportdagi raqibiga qaraganda yaxshiroq shartnoma taklif qilishi mumkin.
Mish-mishlarga ko'ra, gap "Team EnVyUs" jamoasi yigitlari haqida ketyapti.
Kibersportning barcha o'yinlarida jamoalarga ega bo'lgan "Fnatic" tez orada yana bir yo'nalish bo'yicha tarkibgsha ega bo'lishi yoki jahonga mashhur klub kibersportga o'zining ilq qadamini qo'yishi mumkin.
Fikrlar