"Manchester Yunayted" - kambeklar "qiroli"!
06 dek 2020 10:24
Yangiliklar
"Manchester Yunayted" - kambeklar "qiroli"!
"Manchester Yunayted" kecha safarda "Vest Xem" maydonida irodali g'alabaga erishdi, 3:1.
Qayd etish kerak, Ole-Gunnar Sulsher shogirdlari ushbu mavsum APLda safarda o'tkazilgan barcha uchrashuvlarda irodali g'alabaga erishdi.
Safarda 5 o'yin o'tkazgan MYU avvaliga "Brayton"ga qarshi bahs olib bordi. 1:0 hisobida ortda borayotgan mankunianliklar yakunda 3:2 hisobida muvaffaqiyat qozondi.
Keyinchalik "Nyukasl" 4:1 hisobida mag'lub etildi. Vaholanki, 2-daqiqada MYU gol o'tkazib yuborgandi. Jamoa "Everton"ga 0:1, "Sautgempton"ga 0:2 hisobida mag'lub bo'layotgandi va ular darvozasiga uchtadan gol urildi, xuddi "Vest Xem"da bo'lgani kabi.
"Manchester Yunayted" navbatdagi safar uchrashuvini 18 dekabr kuni "SHeffild"ga qarshi o'tkazadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Манба: Абдуқодир Ҳусанов — Осиёнинг 2025 йилдаги энг яхши ёш футболчиси!
АПЛ. Дуранглар оқшоми: байрамдан кейин жамоалар ғолиб бўлишни исташмади
Расман: "Челси" ва Энцо Мареска ўзаро келишув асосида ҳамкорликни тўхтатди
Fikrlar