"Manchester Yunayted" himoyachisini sotish fikridan qaytdi
27 apr 2023 11:56
Yangiliklar


"Manchester Yunayted" himoyachisini sotish fikridan qaytdi
Yaqin vaqtgacha uning jamoadagi kelajagi so'roq ostida turgandi.
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Erik ten Hagga o'ng qanot himoyachisi Aaron Uan-Bissakaning o'yinlari manzur kelmoqda, deya xabar berdi insayder Fabricio Romano. 25 yoshli futbolchi Jahon chempionatidagi tanaffusdan so'ng o'zini ko'rsatdi.
"Manchester Yunayted" hali ham Uan-Bissaka bo'yicha takliflarga ochiq, ammo transferga faqat katta summa evaziga rozi bo'ladi. Yanvar oyida Aaron sotilishi mumkin bo'lgan nomzodlar orasida etakchi bo'lib turgandi.
Aaron Uan-Bissaka 2019 yilning yozida 55 million evro evaziga "Kristal Pelas"dan "Manchester Yunayted"ga o'tgan edi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar