"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Amorim: "Men o'zini bosslardek ko'rsatishni xohlaydiganlardan emasman"
24 noy 12:38
Yangiliklar
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Amorim: "Men o'zini bosslardek ko'rsatishni xohlaydiganlardan emasman"
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Ruben Amorim ish uslubi haqida gapirdi.
"Men o'zini bosslardek ko'rsatishni xohlaydiganlardan emasman. O'yinchilar buni mayda detallarda his qilishadi. SHuningdek ko'p jilmayishim mumkin, ammo ish jarayonida boshqa insonga aylanaman. Ular buni tushunishadi", — dedi Amorim.
"Manchester Yunayted" 1 noyabrda Amorimni jamoa bosh murabbiyi etib tayinlagandi. 39 yoshli portugaliyalik mutaxassis Angliya klubi bilan bir yilga uzaytirish imkoniyati bilan 2027 yilning iyuniga qadar shartnoma imzoladi.
Fikrlar