"Manchester Yunayted" Ben-Yedder bilan qiziqmoqda
20 may 2020 23:01
Yangiliklar


"Manchester Yunayted" Ben-Yedder bilan qiziqmoqda
"Monako" hujumchisi Vissam Ben-Yedder faoliyatini Angliyada davom ettirishi mumkin.
"Manchester Yunayted" 29 yoshli francuz futbolchisi atrofidagi vaziyatni diqqat bilan kuzatib bormoqda. "Monako" moliyaviy muammolarga duch kelayotgani tufayli yozda o'yinchi bilan xayrlashishi mumkin.
Avvalroq, Ben-Yedderga "Real Madrid", "Atletiko Madrid", "Valensiya", "Liverpul", "Manchester Siti", "Tottenxem", "Arsenal" va boshqa klublar qiziqayotgani malum qilingandi.
ESPN xabariga ko'ra, MYU – bu futbolchiga qiziqish bildirgan birinchi klub.
Ben-Yedder Liga 1 doirasidagi 26 o'yinda 18 ta gol urgan va 6 ta golli uzatmani amalga oshirgan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar