"Manchester Yunayted" Alfonso Devisni 1,5 million funt evaziga o'z safiga qo'shib olmagan ekan
11 mar 2020 15:03
Yangiliklar


"Manchester Yunayted" Alfonso Devisni 1,5 million funt evaziga o'z safiga qo'shib olmagan ekan
Kanadalik futbolchi Alfonso Devis joriy mavsum "Bavariya"da asosiy tarkibda o'ynamoqda.
Bir necha yillar avval 15 yoshli futbolchi "Manchester Yunayted"da o'ynashni juda xohlagan, skautlar esa uni bo'lajak yulduz deya taxmin qilishgan.
MYUning sobiq skauti Xorxe Alvialning aytishicha, u o'sha paytda "Vankuver" o'yinchisining ulkan salohiyatini tasdiqlovchi 40ga yaqin hisobot tayyorlagan.
MLS klubi futbolchining kompensaciyasi uchun 1,5 million funt so'ragan. MYU esa bunday mablag'ni to'lashdan bosh tortgan.
O’xshash yangiliklar
01:42
Ferdinand Fernandeshning "Al Hilol"ga rad javobi haqida: "Bu uning sadoqatidan dalolat beradi" 0

Fikrlar