"Manchester Yunayted" 86 yillik antirekordni yangiladi
14 avg 2022 00:50
Yangiliklar


"Manchester Yunayted" 86 yillik antirekordni yangiladi
"Manchester Yunayted" APLda ketma-ket so'nggi 7 safar o'yinida mag'lub bo'ldi.
Yaqindagina mankunianliklar "Brentford" maydonida yirik 0:4 hisobida mag'lubiyatga uchradi. Bunga qadar jamoa "Kristal Pelas" (0:1), "Brayton" (0:4), "Arsenal" (1:3), "Liverpul" (0:4), "Everton" (0:1) va "Manchester Siti" (1:4) maydonida yutqazib qo'ygandi.
SHu orqali MYU 1936 yildan buyon ilk marta ketma-ket 7 safar o'yinida mag'lub bo'ldi. O'shanda safar o'yinlaridagi g'alabasiz seriya 10 o'yinni tashkil qilgandi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar