“Manchester Yunayted” yangi texnik homiysidan yiliga 70 million funt olishi mumkin
29 jan 2014 12:38
Yangiliklar


“Manchester Yunayted” yangi texnik homiysidan yiliga 70 million funt olishi mumkin
“Manchester Yunayted” rahbariyati klubga texnik homiy bo'lishni istayotgan sport ekipirovkalarini ishlab chiqaruvchi bir nechta kompaniyalar bilan muzokara olib borayapti.
Angliyaning amaldagi chempionlari bilan hamkorlik shartnomasini tuzish uchun Nike, Adidas, Warrior va Puma kompaniyalari kurash olib borishmoqda.
Mazkur kompaniyalarning biri bilan 2015/2016 mavsumi uchun tuziladigan hamkorlik shartnomasi “Manchester Yunayted”ga yiliga 70 million funt olib kelishi mumkin, deb xabar beradi The Guardian.
SHunday qilib “MYU” bu ko'rsatgich bo'yicha rekordchiga aylanadi. Klubning Nike bilan tuzgan amaldagi shartnomasi yiliga 23.5 million funt foyda keltirmoqda.

Fikrlar