So’nggi yangiliklar

02:00Ғиштдан дарвоза қуриб ўйнаган, "Атлетико" майдонида энг яхши футболчи деб топилган ҳамда Роналдудан жарима зарбаси тепишни ўрганган "Пахтакор"нинг янги легионери билан яқиндан танишамиз  0 01:46Эшли Янг АПЛдан тушиб кетган жамоа учун тиббий кўрикдан ўтди  0 01:11Расман: Роберто Фирмино - "Ал Садд" футболчиси!  4 00:51"Милан" футболчиси "Бешиктош"га ўтиши мумкин  0 00:35"Ювентус" футболчисини "Вердер"га сотди  1 00:20Отабек Шукуров Ўзбекистон U-17 терма жамоаси ўйинига ташриф буюрди  0 23:5617 йиллик фаолиятдан кейин Сауль "Атлетико"дан кетди  1 23:39Расман: Уго Экитике "Ливерпуль"га ўтди  2 23:14Рэшфорд: "Барселона"ни уйимдек, бу ердагиларни оиламдагидек кўряпман"  3 22:59"Атлетико" "Ал Насср"га ўтиши керак бўлган футболчини 34 миллионга сотиб олади  0 22:34Месси ва Альба бир ўйинга четлатилиши мумкин  0 22:17Ўзбекистон U-17 терма жамоаси ЦСКАни кичик ҳисобда мағлуб қилди  6 21:58Ниҳоят, расман: Рэшфорд - "Барселона" футболчиси!  10 21:47Массимилиано Аллегри: "Милан" Европанинг энг яхши жамоасига қарши тенгма-тенг ўйнади"  2 21:11Аббосбек Файзуллаев тиббий кўрикдан муваффақиятли ўтди  15

“Manchester Yunayted”: Pul topishning inglizcha sanati Yangiliklar

“Manchester Yunayted”: Pul topishning inglizcha sanati

Klublarimizda marketing va biznes salohiyatining yo'qligi oxirgi yillarda ko'proq tilga olinmoqda.
CHunki xorij jamoalari olib borayotgan ishlash tizimidan bugunda hammamiz xabardor bo'lib ulgurganmiz. O'zbek klublariga namuna sifatida keltirish mumkin bo'lgan jamoalar soni Evropada juda ko'p. To'g'ri, bizda hali barcha sharoitlarni taqqoslasak, o'shanday pul ishlab topishimizga ko'p vaqt bor. Biroq harakatni hozirdan boshlaganlar buning mevasini ko'rishlari tabiiy hol. Jahon bo'ylab eng ko'p muxlislardan biriga ega bo'lgan jamoa sifatida “Manchester Yunayted”ni keltirib o'tish mumkin. Ushbu jamoa qay tariqa hisob raqamini katta miqdordagi summa bilan to'ldirishi haqida ushbu maqolada malumot berib o'tamiz.

GLOBAL BREND

Bugungi kunda “Manchester Yunayted” global brend hisoblanadi. 2009 yildan boshlab jamoa nomlanishi tufayli ishlab topilayotgan mablag' miqdori AAA ko'rsatkichiga etgan, bu eng yuqori miqdor degani. Hozir esa eng ko'p pul ishlab topayotgan klublar ro'yxatida uchinchi o'rinda bormoqda. Ko'p yillar mobaynida peshqadamlikni o'zida saqlab kelgan. Buning ilk tasiri deb 1960-yillarda amalga oshirilgan ishlarni ko'rsatish mumkin. Mett Basbi qo'l ostida Bobbi CHarlton, Nobbi Staylz, Denis Lou va Jorj Best singari mashhur futbolchilar to'p tepishgan. Ular turli sovrinlarga ega chiqib, hujumkor futbol namoyish etish orqali klub nomini muxlislar tomonidan boshqacha tilga olinishiga sababchi bo'lganlar. Best esa nafaqat futbol maydoni, balki undan tashqaridagi hayotda ham yulduzlik darajasiga erishib, klubga bo'lgan qiziqishni yanada oshirgan.

Yunayted 1991 yil akciyalarini London fond birjasiga chiqargan holda shunday ishga qo'l urgan birinchi ingliz jamoasiga aylangan. Bu esa klubga sezilarli miqdorda qo'shimcha kapital keltirgan. Bu esa hozirda jahon grandlaridan biriga aylangan jamoaning shu maqomga etishishida qo'yilgan ilk qadamlardan biri edi. Keyinchalik brend mavqeini oshirish uchun futbolchilardan foydalanish yo'lga qo'yildi. Devid Bekxem va Krishtianu Ronaldu bu borada eng ko'p foyda keltirgan o'yinchilar qatorida etirof etiladi. Bekxemning Osiyoda o'ta mashhur ekanligi qitamizda klub tijoriy muvaffaqiyatlar qayd etishida katta o'rin tutgan. SHuningdek, oxirgi 10 yil ichida Xitoy, Janubiy Koreya va Yaponiyadan tarkibga futbolchini jalb qilgan manchesterliklar futbolga qiziqish o'ta yuqori va jamoa uchun pul sarflashi mumkin bo'lgan muxlislar oqimini o'zlariga qarata olishdi.

Endi jamoa qaysi jihatlar bo'yicha ko'p ishlab topishiga etibor qaratsak. Birinchi navbatda bu teletranslyaciyalardan tushadigan pullar bilan bog'liq. Angliyada jamoalar egallagan o'rinlariga qarab tegishli miqdorda summaga ega chiqishadi. 1992 yildan buyon “MYU” “British Skay”dan eng ko'p olgan jamoaga aylangan. Tijoriy faoliyatdan pul ishlab topish borasida manikunianlar boshqalardan oldinda borishmoqda. Muxlislar uchun esa klub ikki xil dasturni ishga tushirgan: “Manchester United Finance” hamda “One United”. Undagi azolikka qarab ishqibozlar xizmat va mahsulotlardan foydalanadi. Asosiy homiy sanalgan “Nike” shartnoma tuzilganidan boshlab o'tgan dastlabki 22 oy ichida klub ramzi tushirilgan 3,8 million dona futbolkalarni sotishga ulgurgan. Bu esa jamoaning ishqibozlar orasida qanchalik mashhurligini ko'rsatib turibdi.



HOMIYLARI

Klub juda ko'plab kompaniyalar bilan homiylik va hamkorlik shartnomalariga ega. Buning uchun kompaniyalar etiboriga turli paketlar havola etiladi. Masalan, asosiy homiylar qatoridan o'rin olishni istaganlar uchun alohida shartlar, oddiy homiy yoki hamkorlar uchun boshqa shartlar. O'ziga taklif bilan chiqadigan kompaniyalarni ranjitib qo'ymaslik uchun manchesterliklar barcha imkoniyatlarni ishga solishadi. Mashg'ulotlar bazasi, akademiya va boshqa yo'nalishlarda klubning alohida homiylari mavjud. Hattoki, akademiya va bazaga oziq-ovqat mahsulotlarini etkazib beruvchi turli kompaniyalar bilan shartnoma imzolangan. Bunda jamoa pul ishlab topmasligi mumkin, lekin qanchadir miqdorda mablag'ni iqtisod qiladi. Turli xil shartnomalarga ko'z tashlasak, “MYU” bir paytning o'zida 100ga yaqin katta-kichik kompaniyalar bilan ish olib borishini ko'rishimiz mumkin. Endi esa katta miqdorda pul to'laydigan yoki xizmatlarni amalga oshiradigan kompaniyalar ro'yxatiga nazar tashlab o'tamiz.

Klub tarixida uchrashuvlarda maydonga tushadigan futbolkalarda qayd etilgan to'rt kompaniya nomi bo'lgan xolos. Yani, jamoa ko'pincha uzoq muddatli shartnomalardan foydalanadi. 1982 yildan 2000 yilgacha asosiy homiy sifatida “Sharp” etirofda bo'lgan. O'sha paytlarda jamoa rekord darajadagi pulga ishlagan. Keyin 4 yil davomida “Vodafone” “MYU”ga 30 million funt to'ladi. Keyin muddat 2 yilga uzaytirildi. 2006 yildan esa “AIG” nomi tushirilgan futbolkalar jamoaning rasmiy libosiga aylandi. 4 yil uchun 56,5 million funt olgan manikunianlar 2009 yildan “Aon” bian hamkorlik qilib kelishmoqda. 4 yillik shartnoma miqdori 80 million funtni tashkil qiladi. Bu esa rekord ko'rsatkich hisoblanadi. Yani, bu kompaniyalar faqat o'z nomlari jamoa libosiga tushirilgani uchun shuncha miqdorda pul to'lashadi, ular o'rtasida boshqa majburiyatlar mavjud emas.

Sport mahsulotlari etkazib berish bo'yicha ham “Manchester Yunayted” shu paytgacha 4 kompaniya xizmatidan foydalangan. “Umbro”, “Admiral”, “Adidas”, “Umbro” va 2002 yildan boshlab “Nike”. 13 yilga tuzilgan shartnoma muddati 2015 yil tugaydi.



Rasmiy homiylari ro'yxati

Aeroflot - jamoaning rasmiy tashuvchisi
AON Corporation – bosh homiy. Jahondagi ikkinchi yirik sug'urta kompaniyasi
Nike – epikirovkalar tayyorlovchi. Sport mahsulotlari sotishda eng yirik kompaniyalardan biri
Chevrolet – klubning avtomobillar bo'yicha hamkori
DHL – mahsulot va boshqa narsalarni etkazib beruvchi hamkor
Epson Corporation – ofis jihozlari ishlab chiqaruvchi firma
MTN Group – klubning rasmiy telekommunikaciya bo'yicha hamkori
Bharti Airtel Limited – Hindiston telekommunikaciya firmasi, rasmiy hamkor
Turkish Airlines – jamoaning safar o'yinlariga xizmatini taqdim etadi
Telekom Malaysia Berhad – Malayziya telekommunikaciya kompaniyasi, rasmiy hamkor
Thomas Cook Airlines – Manchesterda joylashgan aviakompaniya
Smirnoff – alkogol mahsulotlari ishlab chiqaruvchi kompaniya
BWIN – bukmekerlik kontorasi
Singha – pivo ishlab chiqaruvchi kompaniya
Casillero Del Diablo – vino ishlab chiqaruvchi kompaniya
Mister Potato – gazak mahsulotlari ishlab chiqaruvchi firma
STC – klubning Saudiya Arabistonidagi rasmiy telekommunikacion hamkori
PCCW – klubning Gonkongdagi rasmiy telekommunikacion hamkori
Globacom – klubning Nigeriya, Gana va Benindagi rasmiy telekommunikacion hamkori
VIVA – klubning Bahrayn va Quvaytdagi rasmiy telekommunikacion hamkori
Turk Telekom – klubning Turkiyadagi rasmiy telekommunikacion hamkori
A.P. Honda – Tailand motocikl ishlab chiqaruvchi hamkori
Zong – klubning Pokistondagi rasmiy telekommunikacion hamkori
Beeline – klubning Vetnam, Kambodja va Laosdagi rasmiy telekommunikacion hamkori
Globul – klubning Bolgariyadagi rasmiy telekommunikacion hamkori
Mamee – xamir mahsulotlari tayyorlovchi kompaniya

Avvalgi mavsumda “MYU” o'yin kungi tushumlardan 122, teletranslyaciyalar huquvidan 128,5 va tijoriy faoliyatdan 145,4 million evro ishlab topdi. Jami 395,9 million evro miqdorida summa klub hisob raqamiga kelib tushdi. Bu “Real” va “Barselona”dan keyin jahondagi uchinchi ko'rsatkich sanaladi. Agar Angliyada translyaciyalardan tushayotgan pullarning taqsimlanishi adolatli tarzda bo'lmaganda manchesterliklar bundan ham ko'proq mablag'ga egalik qilishlari mumkin edi. SHunga qaramay, Manchester shahri jamoasi pul ishlab topishda jahonda etakchilardan biri bo'lib kelishni uddalamoqda. Klub rahbariyatining jamoani rivojlantirishda qo'llagan siyosatiga qoyil qolmasdan boshqa iloj yo'q.

Muxlislar odatda futbol klubi deganda nari borsa futbolchilar, yoshlar jamoasi va boshqa xodimlarni tushunishadi. Lekin “MYU” misolida klub deyarli kattagina korporaciya ekanligini ko'ramiz. “Qizib iblislar” uchun doimiy ravishda ishlovchi insonlar ro'yxati bilan tanishing:

- 71 futbolchi;
- 70 texnik va murabbiylar shtabi xodimi;
- 53 tijoriy faoliyat bilan shug'ullanuvchi menejer;
- 65 har qanday aloqalarga javob beruvchi xodimlar;
- 369 mamuriy va boshqaruv xodimlar;
- 2000 nafar vaqtinchalik xodimlar, ular aniq bir vazifani uddalash, uy va safar o'yinlarida turli ishlarni qilish uchun yollanadi.

Ularning barchasiga yiliga 150 million funt miqdorida maosh to'lanadi. Yana bir necha million funt stadion va bazani saqlab turish, futbolchilarni xarid qilish uchun sarflanadi. Yuqoridagi uch sohadan “MYU” ishlab topadigan pullar shu erda asqotadi. “Old Trafford”ga muxlislar tashrifi o'smaydi, chunki 99 foizga to'lish ananasi ko'p yillardan beri saqlanib kelmoqda. ECHL, premer-liga va kuboklardagi uchrashuvni hisoblasak, bir mavsumda o'rtacha 28-30 o'yin “Old Trafford”da o'tkaziladi. Bundan esa jamoa 122 million evro ishlab topgan. O'z maydonidagi o'yinlarning har bir daqiqasida manchesterliklar o'rtacha 40 ming funt ishlab topishar ekan. O'yin kungi tushumlarning 53 foizi chiptalar sotishdan, 19 foizi xizmat ko'rsatish va 28 foizi muzeyga tashrif buyuruvchilar hisobiga shakllanadi.



Tijoriy faoliyat ham klub hayotida muhim o'rin tutadi. Mahsulotlar sotuvi, mobil va media xizmatlar ko'rsatish borasida klub katta faollik ko'rsatadi. “Nike”ning o'zi klub logotipi tushirilgan mahsulotlar sotuvi tufayli yiliga kamida 23-25 million funt to'laydi. SHuningdek, turli sport mahsulot va inventarlari, suvenirlar sotish evaziga yaxshigina pulga ishlanadi. Jamoaga homiylik qilayotgan kompaniyalar haqida to'liq malumotni esa taqdim etib o'tdik. Etiboringizni mobil va media xizmatlari taqdim etish jihatiga qaratamiz. Bu borada klub jahon bo'yicha 44ta shartnomaga ega. O'sha kompaniyalar o'z mijozlariga “MYU”ning maxsus sim kartalarini sotishadi, u orqali klub yangiliklari, video, o'yin va musiqani yuklab olish mumkin bo'ladi. Agar “MYU” gol urgan yoki o'yinni yutgan taqdirda mijozlarga turli sovg'alar taqdim qilinadi. O'tgan mavsumda media xizmat ko'rsatish orqali klub 20 million funt miqdorda mablag'ga ishladi. Mana, ishni olib borish. Bizda esa klublar chiptalar sotishni qoyillatib eplay olishmayapti.

Teletranslyaciyalarga keladigan bo'lsak, ichki bozordan “qizil iblislar”ga 60 million funt atrofida tegadi. SHuningdek, ECHLdagi ishtirok etgani tufayli UEFAdan ham translyaciyalar uchun katta summadagi pulga ega bo'ladi. Butun dunyo bo'ylab efirga chiqadigan klub telekanali ham jamoaga katta mablag' keltiradi. Turli ko'rsatuvlar tayyorlash, ularni sotish orqali jamoa hisobiga malum summa kelib tushadi. TVdan olinayotgan daromadning 9 foizi “MYU TV”ga tegishli ekani bu borada ishlar ko'ngildagidek ketayotganini ko'rsatadi.

Yaqindagina “Chevrolet” kompaniyasi logotipi futbolkasida aks etishi uchun “MYU” shartnomaga qo'l qo'ydi. Unga ko'ra, klub 7 yil ichida 559 million dollar miqdorida mablag'ga ega bo'ladi. Bu juda katta raqam. Endi yaqin yillar mobaynida klub bemalol yirik transferlarni amalga oshirish imkoniyatiga ega. CHunki so'nggi bir yil davomida tijoriy faoliyatdan kelgan pullar miqdori deyarli 30 foizga ortgan. 7 global, 4 hududiy va 9 moliyaviy va telekompaniyalar bilan shartnomalar imzolangan. “Facebook” va “Twitter” foydalanuvchilari soni kundan-kunga sezilarli miqdorda oshib bormoqda. Bu esa jamoa muxlislar sonining ko'payishi doimiy tarzda davom etishini bildiradi. Media xizmatlardan tashqari jamoa jurnalini sotish ham yaxshigina foyda keltira boshlashiga shubha yo'q. CHunki “MYU” matbuot xizmati futbolchilar bilan boshqa OAV xodimlarining muloqot qilishlariga unchalik ko'p ruxsat beraverishmaydi. Faqat katta tirajli gazetalarning iltimosi qondiriladi. Futbolchilar bilan eksklyuziv intervyular boshqa gazetalarda chop etilmagach, aksariyat muxlislar klub rasmiy jurnalini xarid qilishga majbur bo'lishadi. Bu ham pul topishga qaratilgan yana bir qadam deyish mumkin. Teleintervyular “MYU TV”da efirga uzatilishi tufayli klub telekanali mijozlari ko'payadi. Bu esa media xizmatiga bo'lgan talabni yanada oshiradi. “Manchester Yunayted”ning tutgan yo'liga qoyil qolmasdan imkoningiz qolmaydi.

Behzod NAZAROV tayyorladi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика