So’nggi yangiliklar

00:26Манише Феликс ҳақида: "Футбол лойиҳаси бўлиб қолди. Шундай клубларда имкониятлар, аммо у ишлашни хоҳламайди"  0 00:06"Интер" ва Нкункунинг агентлари трансфер шартларини муҳокама қилишмоқда  0 23:41Иван Бошкович: "Бугун нимадир ўхшамади"  0 23:14Суперлига. Пенальтидан тўп киритилмаган ва гол ҳисобга олинмаган ўйинда "Динамо" "Навбаҳор" билан жанговар дурангга имзо чекди  109 23:05Рўзиқул Бердиев: "Қарши ҳужум режасини туздик ва бу ўз мевасини берди"  6 22:50Виталий Левченко: "Катта устунликка эришиб якунда мағлуб бўлиш жуда аламли"  12 22:17Илёс Зейтуллаев: "Стадиондаги муҳит учун мухлисларга раҳмат айтаман"  4 22:00Суперлига. "Сўғдиёна" иккита гол урган ўйинда "Насаф" ғалаба қозонди  34 21:43Таҳлил. Бугун Фарғонада "Нефтчи" эмас Левченко ютқазди, Зейтуллаевга 5 баҳо  16 21:39"Челси" форварди АПЛнинг бошқа клубига ўтишга яқин  1 20:56Суперлига. "Бунёдкор" Фарғонада "Нефтчи"ни мағлуб этди  76 20:20"Барселона" Рэшфордни рўйхатдан ўтказиш учун кимни сотиши мумкинлиги маълум бўлди  12 19:31Нуньес эндиликда "Милан"нинг ҳужумчи позицияси учун асосий номзодидир  1 18:50Расман: Рамсдейл янги клуб билан шартнома имзолади  0 18:34Эдерсон янги клуб билан келишувга эришди  1

"Manchester Yunayted" - "Manchester Siti" 4:2. Derbi mezbonlarning g'alabasi bilan yakunlandi! Yangiliklar

"Manchester Yunayted" - "Manchester Siti" 4:2. Derbi mezbonlarning g'alabasi bilan yakunlandi!

Angliya premer ligasining 32-turi doirasida "Manchester Yunayted" - "Manchester Siti" baxsi bo'lib o'tdi.

Manchester Yunayted – Manchester Siti 4:2

12 aprel. "Old Trafford" stadioni.



Gollar
: 0:1 – 8 Aguero, 1:1 – 14 Yang, 2:1 – 27 Fellayni, 3:1 – 67 Mata, 4:1 – 73 Smolling, 4:2 – 89 Aguero.

Manchester Yunayted – De Xea, Blind, Jons (Roxo, 75), Smolling, Fellayni (Falkao, 83), Yang, Kerrik, Valensiya, Errera, Mata (Di Mariya, 81), Runi.
Manchester Siti – Xart, Sabaleta, Demichelis, Kompani (Mangalya, 46), Klishi, Fernandino, Silva, Navas (Lempard, 74), Ture, Milner (Nasri, 63), Aguero.

Ogohlantirishlar: Milner (24), Silva (34), Kompani (44).




90+3. Nihoyat o'yin yakunlandi. Derbi maqomini olgan baxsda "Manchester Yunayted" jamoasi "Manchester Siti"ni 4:2 hisobida mag'lubiyatga uchratdi!


90+2. "Siti"ning navbatdagi hujumi. Aguero esa "ofsayd"da. De Xea shoshilmayapti.


90. Hakam ikkinchi bo'limga 3 daqiqa qo'shib berdi.


89. GOL! AGUERO! O'ng qanotdan uzatib berilgan to'pni argentinalik hujumchi juda kuchli zarba bilan De Xea darvozasiga joylab qo'ydi!


88. Maykl Kerrik jarohat oldi. Maydonni tark etadi shekilli. Afsuski, mezbonlar barcha o'zgarishlarni amalga oshirib bo'lishgan.


85. Fellayni o'rniga Falkao maydonga tushirildi.


84. Di Mariya faollik ko'rsatib hujum uyushtirishga harakat qildi. Biroq, "Siti" himoyachilari o'z o'rnida.


82. O'zgarish. Mata o'rniga Di Mariya.


79. Ustunlik "Yunayted" tomonda. "SHaharliklar" jismoniy tomonlama toliqib qoldilar. Xar holda bizga mana shunday tuyulmoqda...


76. MYU tarkibida esa ilk o'zgarish. Roxo maydonga tushirildi. Fil Jonsning o'rniga!


74. Mehmonlar tarkibida so'nggi o'zgarish. Xesus Navas o'rniga Frenk Lempard maydonga tushdi!


72. Yana GOOOLLL!!! Kris Smolling!!! Jarimadan uzatib berilgan to'pni Smolling Xart darvozasiga kiritdi!!! 4:1!!! Davom etamiz!


70. Mataning chap burchakdan oshirib bergan to'piga jamoadoshlaridan hech kim eta olmadi.


69. Mezbonlar oldinga chiqib olishdi. Qoyil qolish kerak! O'yin ajoyib davom etmoqda!


67. GOOOOOLLLL! XUAAAAAAN MATAAAA!!!! Runining ajoyib to'p uzatishidan so'ng raqib darvozaboni bilan birga-bir vaziyatga chiqib borgan ispaniyalik futbolchi jamoasining uchinchi goliga mualliflik qilmoqda!


65. O'zgarish. Milner o'rniga Samir Nasri maydonga tushirildi.


63.  MYU futbolchilaridan biri Milnerga nisbatan qo'pollik ishlatgandi. Sariq kartochkaga tortadigan vaziyat. Biroq, hakam bu safar ham mezbon futbolchisini kechirdi.


61. Samir Nasri maydonga tushishga tayyorgarlik ko'rmoqda


58. Xesus Navas tomonidan berilgan zarbani Smolling bartaraf etdi.


53. Zarbaaaaa!!! Runining chamasi 25 metrlardan bergan zarbasini Jo Xart qiyinchilik bilan bartaraf etdi.


51. Runiga nisbatan qo'pollik ishlatishgandi. Biroq, uchrashuv hakami Klattenburg buni simulyaciya sifatida baholadi...


48. Navas o'ng qanotdan raqib jarima maydonchasiga ajoyib to'p uzatishni amalga oshirgandi. Biroq, buning foydasi bo'lgani yo'q.


46. Tanaffusda "Siti" tarkibida o'zgarish yuz berdi. Sariq kartochka olgan Kompanining o'rniga Mangala maydonga tushirildi.


Ikkinchi bo'lim boshlandi!

Tanaffus!


45+2. Birinchi bo'lim yakunlandi.


45+1. MYU tomonidan uyushtirilgan yana bir hujum samarasiz yakunlandi.


45. Birinchi bo'limdagi to'xtalishlar uchun hakam 2 daqiqa qo'shib berdi.


44. Blindga nisbata qo'pol o'ynagani uchun Kompaniga sariq kartochka ko'rsatildi.


41. O'yin hozircha teng kurashlar ostida davom etmoqda. Kimdir yaqqol etakchilik qilmoqda deb aytish qiyin...


37. Mezbonlarning navbatdagi hujumi. Biroq... O'yindan tashqari holat.


34. Silva Mataga nisbatan qo'pollik ishlatgani uchun sariq kartochka bilan jazolandi.


32. O'yin kutilganidan ham alo darajada davom etmoqda! "Siti"ning navbatdagi hujumi burchak to'pi bilan yakunlandi. Ammo, samarasiz...


27. GOOOOOLLL!!! Fellayni!!!! Qoyil. Mana bu iroda!!! Eshli Yang tomonidan oshirib berilgan to'pni belgiyalik futbolchi boshi bilan raqib darvozasiga joylab qo'ydi!


24. Milnerga sariq kartochka ko'rsatildi.


22. Burchak to'pidan so'ng kurash olib borgan Navasni o'yindan tashqari holatda qolgan deb hisoblashdi.


17. Ana endi "qizil iblislar" to'p nazoratini qo'lga olishgan! Baxs juda qiziqarli kechmoqda!


14. GOOOOOL!!!! Eshli Yang!!! Raqib himoyachisining oyog'iga tegib qaytgan to'pni mezbonlar futbolchisi bo'sh qolgan darvozaga yo'lladi! Demak, 1:1!


11. To'p nazorati mehmonlar tomonda.


8. GOOOOOL!!! Aguerooooo!!!! David Silvaning to'p uzatishidan so'ng argentinalik hujumchi to'pni darvozaga joylab qo'ydi. Bu erda ispaniyalik futbolchining harakatlariga qoyil qolish zarur!


6. Havfli vaziyat!!! Himoyachilarning xatosidan foydalangan Xesus Navas De Xea bilan birga-bir vaziyatga chiqib borgandi. Burchak to'pi!


2. Klishi Xuan Mataga nisbatan qo'pollik ishlatdi.


1. O'yinni mehmonlar boshlab berishdi.


-O'yin boshlandi!

- Jamoalar maydonga chiqib kelishmoqda.

-Assalomu alaykum hurmatli futbol ishqibozlari! Bugun Angliyada manchester klublari o'rtasida turning markaziy uchrashuvi bo'lib o'tmoqda.


12 aprel, 20.00, Old Trafford

"Manchester Yunayted": De Xea, Valensiya, Smolling, Jons, Blind, Kerrik, Errera, Mata, Fellayni, Eshli Yang, Runi.

"Manchester Siti": Xart, Sabaleta, Kompani, Demichelis, Klishi, Ture, Farnandino, Navas, Silva, Milner, Aguero.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика