So’nggi yangiliklar

19:21Паулу Бентунинг Ўзбекистон терма жамоаси бош мураббийлига тайинланиши тўғри қарорми ёки нотўғри?  13 19:10Ўзбекистон U-23 терма жамоаси 30 август куни Қирғизистонга йўл олади   1 18:49Одил Ҳамробеков ва Ўткир Юсупов Ўзбекистон терма жамоасининг йиғинига келиб қўшилди   0 18:07"Қайрат" бош мураббийи: "Бунчалик узоққа боришимизни кутмагандим"  4 17:15"Футбол олами". Ярим финалчилар маълум, хайр "Навбаҳор" ва "Бунёдкор"  4 16:59"Андижон", "Динамо", "Навбаҳор"га жарима ва яна кўплаб қарорлар – Тартиб-интизом қўмитасининг навбатдаги йиғилиши тафсилотлари   9 16:34"Ливерпуль" "Бавария" футболчисини АПЛга қайтармоқчи  2 15:45Жаҳон чемпионатигача: Бентуда терма жамоани тайёрлаш учун қанча вақт бўлади?  24 15:23Ўзбекистон кубоги. "Динамо" ярим финалга чиққан ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  3 15:10"Манчестер Сити" ҳимоячиси фаолиятини "Милан"да давом эттиради  3 14:44Бенту бошқарган терма жамоалар мундиалларда нима каромат кўрсатган?  32 14:23Нкунку фаолиятини А Серияда давом эттиради (Фабрицио Романо)  8 14:15"Арсенал" яна бир трансфер бўйича келишувга эришди  0 14:06CAFA NATIONS CUP-2025 мусобақаси бошланмоқда. Эртага ўйинолди матбуот анжуманлари ва расмий машғулотлар бўлиб ўтади  5 13:45Бенту Ўзбекистон терма жамоаси тарихидаги 10-хорижлик мураббий бўлади. Аввалги ҳамкасблари қандай натижа кўрсатган?   45

"Manchester Yunayted" - "Liverpul" 0:3 Yangiliklar

"Manchester Yunayted" - "Liverpul" 0:3

Angliya premer-ligasi 30-turidan o'rin olgan "Manchester Yunayted" - "Liverpul" uchrashuvi mehmonlarning yirik g'alabasi bilan yakunlandi.
                                  MATNLI TRANSLYACIYA

                                            YANGILASH

Sizlar uchun ushbu o'yinni Abror Qodirov sharhlab bordi. Etibor uchun tashakkur.

"Liverpul" chempionlik uchun kurashni davom ettiradi. MYU yana bir mag'lubiyatdan so'ng CHempionlar Ligasi o'rinlari uchun imkoniyatlarini kamaytirib yubordi. Hakamga etarlicha savollar bo'lsa-da, uchuman olganda mehmonlar haqli ravishda g'alabani qo'lga kiritdi.

Piiip, piip, piiiiip! Final xushtagi! Liverpul g'alabasi!

90+2.
Runining zarbasi o'xshamadi.

90+2.
MYU xavfli nuqtadan jarima to'pi tepadi.

90.
Starrij o'rniga Yago Aspas.

86.
Moyes va uning jamoasi mavsumdagi to'qqizinchi (!) mag'lubiyatiga yaqin turibdi.

84. GOOOOOOL! SUAREEES! Starrijning tshp uzatishidan so'ng Suares birga-bir vaziyatga chiqib ketdi va hisobni yirik ko'rishga olib keldi. 0:3! Ha Nol-u uch, azizlar!

82.
Suareees! Ajoyib tarzda Jonsni aldab o'tib zarba yo'lladi. De Xeaaaa! Ajoyib seyv! Super seyv!

80.
Liverpul fuitbolchilar raqib darvozasida yiqilsak penalti belgilanaveradi, deb o'ylashdi shekilli, tinimsiz ravishda shu ishni takrorlash bilan band.

78. Jerrard bu safar 11 metrdan to'pni darvozaga aniq yo'llay olmadi. 0:2. Hamon shu hisob.

76. PENALTI!!! PE-NAL-TI! YANA! MYU darvozasiga!

74.
MYU da ham o'yinchi almashyapti. Fellayni o'rniga Kleverli, Yanuzay o'rniga Uelbek.

72.
Koutino Sterling o'rniga o'yinni davom ettirmoqda.

70.
Vidichga sariq. Suaresni yiqitgani uchun.

68. 
Suares Starrijga, Starrij Suaresga... Ohiri to'pni oldirishdi. Hisob o'zgarmadi. 0:2 hozircha.

66.
Van Persi Evraning pasidan keyin bor kuchi bilan zarba berdi. Biroq unga qadar hakam o'yindan tashqari holatni qayd etgandi.

64.
Flanagan bugun juda qo'pol. Rafaelga nisbatan qo'polligi sariq kartochkaga bemalol tortardi. Biroq kartochka ko'rsatilmadi. Futbolchida bitta kartochka bor edi. Hakam ayadi.

60. "
Manchester Yunayted" himoyasi "sochilib ketgan". Evra hujumga o'tganida ortga qaytib ulgurmayapti. Vidich tezlikda "Liver" hujumchilaridan ortda olib ketyapti. Bo'sh zonalar ham ko'p.

58.
Suares hujumga o'tib, jarima maydoniga yaqinlashganida sirpanib, yiqildi.

53.
Yanuzay faol. Yana bir burchak to'pi ishladi. Uni Mata amlga oshirdi. Vidich to'p uchun havodagi kurashda Minoledan zarba qabul qilib oldi.

52.
O'yin qanday hisob bilan tugashidan qatiy nazar, ingliz matbuoti uchun mavzu topildi. Klattenburg qarorlari ancha muhokamalarga sabab bo'ladi. Bunisi aniq.

49.
MYU ham xavfli hujumni amalgat oshirgandi. Rafael jarima maydoniga yorib kirib, to'pni uzoq burchakdagi sherigiga yo'lladi. To'p esa Jonsonning qo'liga tekkandek ko'rindi. Hakam xushtak chalmadi. Demak, davom etamiz...

47.
Ikkinchi bo'lim avvalidayoq "Livepul" olinga tashlandi. Fil Jons jarima maydoni ichida qo'pol o'ynadi. Hakam hech ikkilanmay 11 metrlik nuqtani ko'rsatdi. Jerrard esa mavsumdagi 9-panltisini ham aniq amalga oshirib, hisobni 0:2 ko'rinishiga olib keldi. Dubl.

46. GOOOOOL! STIVI JI! JERARD!

46. Ikkinchi penalti!!! MYU darvozasiga yana!

45. Ikkinchi bo'lim boshlandi!


Stivi hisobni ochganidan so'ng.

Birinchi bo'lim haqida qisqacha. "Liverpul" mehmonda, aniqsa "Old Traford"da o'ynayotgani sezilmayapti. Ular huddi "Enfild"da MYUga qarshilik qilayotgandek harakat qilyapti. Umuman olagnda ushbu mavsumda "Yunayted"ni "Vest Bromvich" kabi jamoalar ham enggib ketayotgani uchun bunga hayron bo'lmasa ham bo'laveradi.

"Liverpul"ning hujumlari mazmunliroq, maqsadliroq. Moyes shogirdlari uyushtirayotgan hujumlarda (ular u qadar ko'p ham bo'lmadi) palapartishlik, tushunmovchilik ko'zga tashlanyapti. Kreativlik yo'q "iblislarda". Qanotdan uyushtirilayotgan hujumlar aslo natija berayotgani yo'q.

45. Birinchi bo'lim yakunlandi.

45.
Yanuzayning urinishi. Zarba o'xshamadi.

43. MYU! O'ta xavfli vaziyat! Bir necha aniq zarba Minole tomonidan qaytarildi. Ayniqsa Runining zarbasi xavfli chiqqandi! Vuux!

40.
Rafael hamda van Persi yaxshi kombinaciya amalga oshirdi. Robinning zarbasidan keyin hmoyachilarga tekkan to'p burchakka yo'l oldi. Burchak to'pidan esa unumli foydalanilmadi.  

37.
Runi amalga oshirgan jarima to'pi ham hech qanday ish bermadi.

36.
Jerrard sariq kartochka olishga ham ulgurdi bu oradi. Fellayniga nisbatan qo'pol o'ynadi. 

35.
Jerrard bu mavsumda sakkiz bor penalti tepib, hammasini aniq amalga oshirdi. Maestro!

34. GOOOOL!! Liverpul! Jerrard!

33. PENALTI! MYU darvozasi tomon! Rafael qo'li bilan o'ynadi.

32.
Hech qancha vaqt o'tmay Rafael ham sariq kartochka olib, bu borada hisobni tenglashtirib qo'ydi. Jabrlanuvchi rolida - Jerrard. 

31.
Flaneganga sariq kartochka. Juda qo'pol o'ynadi. van Persi amalga oshirgan jarima to'pi samarasiz.

30.
Minolega to'p uzatishgandi. U dovdirab qolib, to'pni maydon tashqarisiga tepib yubordi.

29.
Darvoqe, "yangilash" degan tugmani bosib turishni unutmang.

27.
Liverpulning ajoyib hujumi Allenning zarbasi bilan yakunlandi. Faqat aniq zarba bilan. Gol bilan emas. De Xea to'pni qiyinchiliksiz egallab oldi. 

25. 
Liverpul burchak to'pini amalga oshirdi. Jerrard to'pni Suaresga yo'lladi. Biroq o'ylangan kombinaciya amalga oshmay qoldi.

24.
Fellayni bugun faqatgina qoida buzish bilan band. O'ziga vaqt o'tkazish uchun boshqa ish topsa bo'lardi.

20.
Manchsesterliklar yana hujumda, Runiga raqib jarima maydonida yordam beradigan sherigi topilmadi va uning to'p uzatishi o'xshamadi. Hujum qaytarildi.

18.
O'yinning o'n to'qqizinchi daqiqasi o'tib borayotgan bir vaqtda, MYU o'zining birinchi xavfli vaziyatini yaratdi. van Persining zarbasi qovushmadi. Hozircha...

15.
Rafael chap qanotdan oldinga bordi. To'pni yo'qotdi. Fellayni esa qoida buzdi.

12.  O'yin shiddatli, do'stlar. Juda-juda. Daxshatli darajada. Kutilganidek.

09. 
Van Persi raqib darvozasi oldida xavf yaratgandek ko'ringandi, biroq mehmon jamoa himoyachilari to'pni egallab, tezkor qarshi hujum qilish uchun uni oldinga yo'lladi.

06. 
Haa, o'yin avvalidayoq Rojers shogirdlari tezkor gol kiritishga ikki bor yaqin kelishgandi. Qiziq, Yunayted himoyasi nimalar bilan band? Qani ular?...

04.
Suares MYU jarima maydonida. To'xtatildi. Luis penalti so'rayapti. Hakam unga quloq solmayapti ham.

02. 
"Liverpul" to'p bilan ko'proq muomalar qilyati. Xavfli vaziyat!  Starriiijj! Uning zarbasi biroz noaniq!

01. O'yin boshlandi!


Futbolchilar maydonda! Diqqat qiling! Boshlaymiz!

So'nggi marta qachon bunday bo'lgani haqida aniq bir nima deyish qiyin. Lekin bugun shunday kunki, "Liverpul" "Old Trafford"ga favorit sifatida tashrif buyurdi. Ha! Buni MYU bosh murabbiyi Devid Moyes ham o'yin oldidan takidlagandi.

Yakshanbaning ajoyibligi, nafaqat uning o'qish va ishdan dam olinadigan kun ekanida, balki APL atalmish chempionatda "Manchester Yunayted" - "Liverpul" qarshiligidek o'yinlar bor kanligi bilan ham bog'liqdir. Assalomu alaykum!

Jamoalarning boshlang'ich tarkiblari malum bo'ldi.

O'yin boshlangach mana shu erda matnli translyaciyani kuzatib borish mumkin.
Manchester Yunayted – Liverpul
16 mart, 18.30, Old Trafford
Manchester Yunayted
– De Xea, Rafael, Vidich, Djons, Evra, Yanuzay, Kerrik, Fellayni, Mata, van Persi, Runi.
Liverpul – Minole, Flanagan, SHkrtel, Agger, Djonson, Allen, Xenderson, Sterling, Djerrard, Starridj, Suares.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика