"Manchester Yunayted" Keyn uchun 45 mln. funt berishga tayyor
15 may 2015 11:41
Yangiliklar


"Manchester Yunayted" Keyn uchun 45 mln. funt berishga tayyor
"Manchester Yunayted" "Tottenxem" hujumchisi Garri Keyn xizmatlariga qiziqish bildirmoqda.
"Qizil iblislar" rahbariyati Lui van Galga yozgi transfer davrida jamoani kuchaytirish uchun 150 mln. funt ajratib berdi. MYU PSV bilan Memfis Depay borasida kelishib oldi va "Byornli" hujumchisi Denni Ingsni ham o'z safiga qo'shib olmoqchi. Van Gal o'ng qanot va markaziy himoyachi, yarim himoyachi xarid qilishni o'ylab turibdi. Bundan tashqari, gollandiyalik mutaxassisning asosiy maqsadi "shporlar"dan Garri Keynni sotib olish. Mankunianlar bu futbolchi uchun 45 mln. funt berishga tayyor.
Keyn bu mavsum Premer-liganing 32ta uchrashuvida maydonga tushib, 20ta gol urgan.

Fikrlar