"Manchester Yunayted" Falkao borasida bir qarorga kelgani yo'q
22 apr 2015 12:43
Yangiliklar


"Manchester Yunayted" Falkao borasida bir qarorga kelgani yo'q
"Monako" hujumchisi Radamel Falkaoning "Manchester Yunayted"dagi taqdiri hal bo'lganicha yo'q.
Bu haqda monegasklar vice-prezidenti Vadim Vasilev malum qildi.
"Manchester Yunayted" rahbariyati bilan uchrashdim. Ular hozirgacha bir qarorga kelishgani yo'q. Falkao o'zining eng yaxshi mavsumini o'tkazayotgani yo'q. MYU qaror qabul qilmagunga qadar, biz boshqa klub bilan muzokara olib bora olmaymiz" - deydi Vasilev.
Falkao bu mavsumda Premer-liganing 22ta uchrashuvida ishtirok etgan va 4ta golli pas berib, 4ta golga mualliqlik qilgan.

Fikrlar