“Manchester Yunayted” bir nechta futbolchilarini sotmoqchi
09 jan 2014 11:41
Yangiliklar


“Manchester Yunayted” bir nechta futbolchilarini sotmoqchi
Angliyaning “Manchester Yunayted” klubi tubdan o'zgarish arafasida turibdi, deb xabar beradi Daily Mail.
Jamoa bosh murabbiyi Devid Moyes, mavsum so'ngida jamoa tarkibini yangilamoqchi. Bunga mankunianliklarning APL ro'yxatida 7-o'rinda borayotgani sabab bo'lgan. Jamoaning asosiy himoyachilari sanalgan Patris Evra, Nemanya Vidich va Rio Ferdinand, klubni tark etishlari mumkin. Nemanya Vidich va Rio Ferdinandning shartnomalari tugishi sababli, ular erkin agenga aylanishadi. Bundan tashqari darvozabon Anders Lindegord, himoyachi Aleksandr Byuttner, yarim himochilar Nani va Anderson va hujumchi Xaver Ernandes ham transferga qo'yilishi mumkin.

Fikrlar