"Manchester Siti"ning yaponiyalik futbolchisi Bundesligaga yo'l oldi
03 iyu 2022 11:54
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/707539_original.jpg)
![](/upload/storage/707539_220.jpg)
"Manchester Siti"ning yaponiyalik futbolchisi Bundesligaga yo'l oldi
Yaponiyalik himoyachi Ko Itakura "Manchester Siti"dan Menxengladbaxning "Borussiya"siga o'tdi.
Itakura nemis jamoasi bilan 2026 yil yozigacha mo'ljallangan shartnoma imzoladi. U 2019 yil yozida "Kavasaki Frontale" jamoasidan "shaharliklar" tarkibiga ko'chib o'tgan, biroq asosiy jamoada umuman maydonga tushmagandi.
O'tgan mavsumlar davomida u Niderlandiyaning "Groningen" va Germaniyaning "SHalke-04" jamoalari tarkibida ijara asosida harakat qildi.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar