"Manchester Siti"ning qimmatbaho himoyachisi klubni tark etmoqchi
24 apr 2018 21:17
Yangiliklar
"Manchester Siti"ning qimmatbaho himoyachisi klubni tark etmoqchi
Ingliz himoyachisi klubini o'zgartirish haqida o'ylamoqda.
"Manchester Siti"ning markaziy himoyachisi Jon Stounzga yozda jamoani tark etishga ruxsat berildi. Buni "The Sun" tasdiqladi.
Jamoaga Emerik Laport kelganidan keyin "shaharliklar" ustozi Xosep Gvardiola Stounzni zaxiraga o'tqazib qo'ydi. SHu sabab 23 yoshli ingliz klubini o'zgartirish haqida o'ylamoqda.
Stounzga "Liverpul" va "Arsenal" davogarlik qilmoqda. Eslatib o'tamiz, "Man Siti" Jon Stounzni 55,6 million evroga sotib olgan edi.
Fikrlar