"Manchester Siti"ning JCH-2018ga yo'l olgan 16 futbolchisining 5 nafari uyiga qaytib ketdi
05 iyu 2018 13:51
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/441635_original.jpg)
![](/upload/storage/441635_220.jpg)
"Manchester Siti"ning JCH-2018ga yo'l olgan 16 futbolchisining 5 nafari uyiga qaytib ketdi
Rossiyada o'tayotgan JCH-2018 chorak final bosqichiga etib keldi.
Ushbu turnirga eng ko'p futbolchi yuborgan klub "Manchester Siti". "SHaharliklar" safidan 16 kishi mundialga yo'l olgan edi. Ayni damda ularning soni qisqargan. Ilkay Gyundogan (Germaniya), Bernardu Silva (Portugaliya), David Silva (Ispaniya), Nikolas Otamendi (Argentina), Serxio Aguero (Argentina) uyga qaytib ketishdi. Ushbu futbolchilar o'ynaydigan terma jamoalar mundialda muvaffaqiyatsizlikka uchradi.
Quyidagi o'yinchilar JCH-2018dagi ishtirokini davom ettirmoqda:
Benjamin Mendi (Franciya)
Gabriel Jezus (Braziliya)
Danilo (Braziliya)
Fernandino (Braziliya)
Ederson Moraes (Braziliya)
Kevin De Bryuyne (Belgiya)
Vensan Kompani (Belgiya)
Kayl Uoker (Angliya)
Jon Stous (Angliya)
Raxim Sterling (Angliya)
Fabian Delf (Angliya)
O’xshash yangiliklar
11:26
O'zbekiston delegaciyasiga Futzal Jahon chempionati-2024 kubogini topshirish marosimi bo'lib o'tdi 4
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar