So’nggi yangiliklar

23:04"Атлетико" 42 млн евролик харидини чоршанба куни "Метрополитано"да тақдим этади  0 22:40Суперлига. "Олимпик" - "Насаф", Абдихолиқовнинг голида қоида бузилган эдими?  6 22:31Иван Бошкович: "Бир-икки йил катта футболда ўйнаган футболчини ёш деб бўлмайди"  6 22:01Суперлига. "Насаф" "Олимпик" майдонида ғалабага эришиб, турнир жадвалидаги пешқадамлигини мустаҳкамлади  50 21:50Суперлига. "Нефтчи" - "Сўғдиёна" 0:3, жиззахликлар меҳмонда йирик ҳисобда зафар қучишди  1 21:23Суперлига. "Нефтчи" ўз уйида "Сўғдиёна"га йирик ҳисобда мағлуб бўлди. Фарғоналиклар қаторасига тўртинчи учрашувда ғалаба қозона олмаяпти  69 20:53"Ман Сити"га қайтиши кутилаётган Илкай Гюндоган фаолиятини якунлашини эълон қилди  5 20:23ПРО-Лига. "Бухоро" "Хоразм"га қарши ўйинда ирода кўрсатиб, ғалаба қозонди, хоразмликлар 38-дақиқада ўн киши бўлиб қолишди  14 20:20Фабрицио Романо Гюндоганнинг "Барселона"даги келажагини маълум қилди  7 19:58 "Футбол олами". "Андижон" ва ОКМКда мағлубият, "Навбаҳор"да дуранг — Суперлиганинг 16-тури ҳақида барчаси  0 19:40Бухоро - Хоразм учрашуви кеч бошланди — айбдор меҳмонларми?   2 18:59Суперлига. "Олимпик" - "Насаф": Асосий таркиблар маълум  8 18:22Саудия Арабистонидан навбатдаги юриш! "Ал Аҳли" "Челси" харид қилмоқчи бўлган форвард учун таклиф суммасини оширди  1 17:34⚡️ Ана холос! ПСЖ Килиан Мбаппе туфайли еврокубоклардан четлатилиши мумкин  10 16:50Тедди Шерингем: "Челси" 6 та ўйиндан кейин Марескани ишдан бўшатади"  7

"Manchester Siti"ga o'tganidan so'ng, "ucha olmagan" 8 futbolchi Yangiliklar

"Manchester Siti"ga o'tganidan so'ng, "ucha olmagan" 8 futbolchi

"Siti"da omadi kelmagan futbolchilar bilan tanishib oling.

So'nggi o'n yillikda "shaharliklar" juda ko'p transferlarni amalga oshirdi. Jamoaning hozirgi mavqeiga chiqishida ispaniyalik mutaxassis Pep Gvardiolaning ham xissasi katta. Lekin, bazi xaridlar o'zini oqlamagan. Yani, ushbu, bir ozdan so'ng bilib oladiganingiz futbolchilar "Manchester Siti"ga o'tganidan keyin, faoliyatida pasayish kuzatilgan. Quyida "Siti" murabbiylari kutganichalik jamoada "porlay olmagan yulduzlar" haqida so'z boradi.

1. Nolito

"Siti"dagi o'yinlari soni: 30

Hozirda qaysi klubda to'p surmoqda:  Sevilya


"Selta" safida uch mavsumda 39 gol urgan va Ispaniya tarkibida Evro 2016 musobaqasida o'zini ko'rsatganidan keyin, o'sha yil yozida Nolito Pep Gvardiola qiziqishlari doirasiga kiradi va klub bilan shartnoma imzolaydi. Dastlab, "Siti" klubidagi debyut uchrashuvlari muvaffaqiyatli chiqayotgandek edi. Lekin, APLning 30 uchrashuvida 6 marta darvoza to'rini nishonga olgan Nolito mavqeini yo'qotib qo'yadi va "Sevilya"safiga borib qo'shiladi.

2. Vilfred Boni

"Siti"dagi o'yinlari soni: 46

Hozirda qaysi klubda to'p surmoqda:  "Stok Siti" (ijarada), "Suonsi"


2014/2015 yilgi mavsumning o'rtasida "Manchester Siti" azosiga aylangan afrikalik futbolchi 12 uchrashuvda 2 gol uradi. Keyingi mavsumda ham ishonchni oqlay olmaydi (8 gol). Bunga asosiy sabab, jarohatlar. Qiyin davrini boshidan o'tkazganidan keyin, Boni "Stok Siti"da ijara asosida to'p suradi va yana o'zining sobiq jamoasi, CHempionshipda kurash olib borayotgan "Suonsi" klubiga o'tadi. 

3. Mangalya

"Siti"dagi o'yinlari soni: 79

Hozirda qaysi klubda to'p surmoqda: "Valensiya" (ijara), "Everton" (ijara)


Mangalya biz sanab o'tayotgan futbolchilar orasida hali ham "shaxarliklar"ga tegishli ikki futbolchidan biri hisoblanadi. Himoyachi APLning so'nggi mavsumida "Siti" uchun 9 marta maydonga tushgan va chempionlik medalini qo'lga kiritgan (garchi yanvar oyida "'Everton"ga ijaraga berib yuborilgan bo'lsa ham).  27 yoshli himoyachi "irischilar" safida 2 o'yin o'tkazganidan so'ng, jarohat oladi va futbolchilik faoliyatida pasayish kuzatiladi.

4. Alvaro Negredo

"Siti"dagi o'yinlari soni: 46

Hozirda qaysi klubda to'p surmoqda:  "Al Nasr"


2012/13 yilgi mavsumda "Sevilya" tarkibida 31 gol urib, "Siti" nazariga tushadi. Liganing dastlabki 5 uchrashuvida 6 marta darvozani ishg'ol etgan Negredoda pasayish kuzatiladi va mavsumni 9 gol bilan yakunlaydi. Boshqa futbolchilar soyasida qolib ketgan ispaniyalik La Ligaga qaytishga majbur bo'ladi. Bu safar "Valensiya"da o'zini ko'rsata olmagan hujumchi Angliyaning "Midlsbro" klubida omadini sinab ko'radi. Ikkala jamoada ham ishlari yaxshi bo'lmaganidan so'ng, hozir BAAning "Al Nasr" klubida.

5. Maykon

"Siti"dagi o'yinlari soni: 13

"Siti"dan keyin qaysi klubda to'p surdi: "Roma"


"Inter"da 2009/10 yilgi mavsumda ECHL g'olibi bo'lganidan keyin, braziliyalik Maykon "Manchester Siti"ga olib kelingan edi. Ammo, "shaxarliklar" safida o'z imkoniyatini maksimal darajada ko'rsata olmaganidan so'ng, A Seriyaga, "Roma" klubiga o'tishga majbur bo'ladi va o'z o'yinini yo'qotib qo'yadi.

6. Klaudio Bravo

"Siti"dagi o'yinlari soni: 44


Hozirda ham "Siti" azosi hisoblanadigan Klaudioning ishlari o'z ismi-sharifi kabi "bravo" emas. Sababi, Ederson jamoaga olib kelinganidan so'ng, zahira futbolchisiga aylanib bo'ldi. Gvardiola "Siti"da unga ishonch bildirmayapti. Tabiiyki, bu uning formadan chiqib ketishiga sabab bo'lmoqda. 

7. Fernando

"Siti"dagi o'yinlari soni: 64

"Siti"dan keyin qaysi klubda to'p surdi: "Galatasaroy"


Fernando "Portu" klubida 2007-2014 yillarda 4 marta Portugaliya chempioni bo'lgan. 2014/15 yilgi mavsumda "Siti" azosiga aylangan braziliyalik 64 uchrashuvda 4 gol urishga erishgan. Bu tayanch yarim himoyachi uchun yomon natija emas. Biroq, 31 yoshli futbolchi o'z poziciyasini hamyurti Fernandinoga raqobatda boy berib qo'yadi. Hozirda "Galatasaroy" jamoasida o'zining avvalgi formasiga chiqib olish uchun harakat qilmoqda.

8. Jo

"Siti"dagi o'yinlari soni: 42

"Siti"dan keyin qaysi klubda to'p surdi: "Everton" (ijara), "Galatasaroy", "Internasonal", "Atletiko Mineyro"(Braziliya), "Al-SHabab" (BAA), "Czyansu Sunin" (Xitoy), Korintians (Braziliya), Nagoya Grampus (Yaponiya)


2008 yil "Manchester Siti" braziliyalik hujumchini Rossiyaning "CSKA" klubidan sotib oladi. Ana shundan so'ng, futbolchining ishlari "chappasiga ketishni" boshlaydi. O'z darajasini yo'qotib qo'ygan Jo dunyoning har bir burchagiga borib, omadini sinab ko'radi. 2013 yil o'z vataniga qaytib "Atletiko Mineyro"da 19 gol uradi va muxlislarning etirofiga sazovor bo'la boshlagandek edi. Lekin, 31 yoshli forvardga bir jamoada ko'p vaqt mobaynida to'p surish nasib etmayapti. 


squawka.com saytidan Nodir Abdurasulov tayyorladi

Reyting: -1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика