"Manchester Siti"dan qoyilmaqom natija

Tolibjon Qosimov
30 okt 2018, 12:45
Kecha APL 10-turi doirasida "Manchester Siti" klubi safarda "Tottenxem"ni mag'lub etdi - 1:0.

Shu tariqa, "shaharliklar" chempionatda ketma-ket oltinchi o'yinda o'z darvozalaridan gol o'tkazib yuborishmadi. Mana 6 o'yinning barchasida darvozani Ederson Moraes qo'riqladi.

Xosep Gvardiola boshchiligidagi "Man Siti" 22 sentyabrdan beri barcha musobaqalarda faqat bitta to'p o'tkazib yubordi: YCHLda "Xoffenxaym"dan. Barcha musobaqalarda 8ta uchrashuv va 7ta quruq o'yin.

Kechagi g'alaba evaziga manchesterliklar 26 ochko to'plagan holda "Liverpul" bilan birga peshqadamlik qilishmoqda.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: twitter.com/ManCity