"Manchester Siti"dagi har bir kunimdan zavqlanyapman" - Doku
24 okt 2023 15:13
Yangiliklar
"Manchester Siti"dagi har bir kunimdan zavqlanyapman" - Doku
Futbolchi "shaharliklar" safidagi ilk mavsumini o'tkazmoqda.
"Manchester Siti" vingeri Jeremi Doku yangi klubga moslashishi haqida gapirdi.
"Manchester Siti"dagi har bir kunimdan zavqlanyapman. Har safar ertalab uyg'onganimda o'zimni baxtli his qilaman, chunki shunday katta jamoa bilan mashg'ulot o'tkazyapman. Mening orzum ushaldi", – dedi futbolchi.
Belgiyalik futbolchi o'tgan yozda "Renn"dan "Manchester Siti"ga ko'chib o'tgandi. Transfer summasi 60 million evroni tashkil qildi. SHu kungacha 21 yoshli vinger "shaharliklar" safida 9 ta o'yinda qatnashib, 2 ta to'p kiritdi hamda 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Месси "Америка қироли" мукофотини қўлга кирита олмади. Уни "Фламенго" ярим ҳимоячиси ортда қолдирди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar