"Manchester Siti" yana bir xaridni amalga oshirdi
03 fev 2025 19:36
Yangiliklar
"Manchester Siti" yana bir xaridni amalga oshirdi
"SHaharliklar" inqirozdan chiqib ketish uchun transfer bozorida ancha faol bo'lishdi.
Avvalroq, klub hamyurtimiz Abduqodir Husanovdan tashqari, Vitor Reys (30 mln funt) va hujumchi Omar Marmushni (59 mln funt + 4 mln funt) sotib olgandi.
Transfer oynasi deyarli yakunlanayotgan bir pallada "shayxlar" "Portu"sharafini himoya qilayotgan "Barselona" tarbiyalanuvchisi Niko Gonsalesni o'z safiga qo'shib oldi. Bu malumotni Fabricio Romano ham tasdiqlab ulgurdi.
"Niko Gonsales – "Man Siti" futbolchisi, here we go!", - deb yozgan Romano.
Manchesterliklar futbolchi transferi uchun 60 mln evro to'laydi. Futbolchining "ajdarlar" bilan shartnomasida ko'rsatilgan tovon puli aynan shuncha. Etiborlisi, ushbu summaning 40% "Barselona"ga nasib qiladi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar