"Manchester Siti" - "Tottenxem" o'yinini CHaqir boshqaradi
15 apr 2019 14:58
Yangiliklar


"Manchester Siti" - "Tottenxem" o'yinini CHaqir boshqaradi
UEFA rasmiy sayti "Portu" - "Liverpul" hamda "Manchester Siti" - "Tottenxem" uchrashuvlarida ishlaydigan hakamlar nomini elon qildi.
"Portu" - "Liverpul" bahsida gollandiyalik Danni Makkeli boshchiligidagi hakamlar brigadasi boshqaradi. Unga qanotlarda Mario Diks va Xassel Steegstra yordam beradi. Zaxira hakami - greciyalik Tasos Sidiropulos. Videoyordamchilar Pol van Bukel va Kamfus Yoxem.
"Manchester Siti" - "Tottenxem" uchrashuvida Junayt CHaqir brigadasi ishlaydi. Uning yordamchilari Baxattin Duran va Tariq Engyun. Zaxira hakami portugaliyalik Artur Diash. Videoreferilar - Massimiliano Irrati va Marko Gvida.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar