"Manchester Siti" Samir Xandanovichni sotib olmoqchi
13 noy 2013 12:11
Yangiliklar


"Manchester Siti" Samir Xandanovichni sotib olmoqchi
Football Italia nashrining xabariga ko'ra, Angliyaning "Manchester Siti" klubi "Inter" darvozaboni Samir Xandanovichga ko'z tikmoqda.
29 yoshli sloveniyalik futbolchi uchun "shaharliklar" 20 million funt berishmoqchi. Gap shundaki "Inter" evrokuboklarda ishtirok eta olmayapti, shu bois "Siti" Samirni CHempionlar ligasining bahorgi qismiga ro'yxatdan o'tkazish mumkin.
SHu tariqa Angliya klubi xatolari tufayli asosiy tarkibdan chiqib qolgan Jo Xartni o'rnini to'ldirmoqchi.
SHu tariqa Angliya klubi xatolari tufayli asosiy tarkibdan chiqib qolgan Jo Xartni o'rnini to'ldirmoqchi.

Fikrlar