Manchester Siti Otamendini sotib olishi mumkin
14 avg 2015 08:35
Yangiliklar
Manchester Siti Otamendini sotib olishi mumkin
Valensiya himoyachisi Nikolas Otamendi Manchester Siti qiziqishlari doirasiga kirib qoldi.
Angliya klubi 27 yoshli argentinalik futbolchini mana shu yozda o'z safiga qo'shib olmoqchi, deb xabar bermoqda Daily Mail nashri.
Valensiyadagilar Siti avgust oyi oxiriga qadar Otamendi bo'yicha rasmiy taklif bilan chiqishlariga ishonishmoqda. Futbolchining transfer narxi shartnoma bo'yicha 35 million funtni tashkil qiladi. Ispaniya klubi boshqa futbolchilarni sotib olish uchun ham Otamendini sotishga tayyor.
Oldinroq Siti Atletiko vakili Diego Godinga qiziqib qolgani haqida xabar chiqqandi.
Fikrlar