"Manchester Siti" Nasrini Turkiya klubiga sotishi mumkin
17 iyu 2017 16:31
Yangiliklar
"Manchester Siti" Nasrini Turkiya klubiga sotishi mumkin
Franciya terma jamoasi yarim himoyachisi Samir Nasri avvalgidek "Manchester Siti" ustozi Xosep Gvardiola rejalariga kirmaydi.
O'tgan mavsum ijara asosida "Sevilya" sharafini himoya qilgan 29 yoshli futbolchi, yangi mavsumda Turkiya klubida o'ynashi mumkin.
Samir Nasriga "Galatasaray" va "Beshiktosh" qiziqish bildirmoqda. Istanbulning ikki klubi futbolchi uchun 13 mln. evro to'lashga va Nasrining o'ziga 3 yillik shartnoma taklif qilishga tayyor.
Samir Nasri xizmatlariga "Marsel" ham qiziqish bildirmoqda.
Fikrlar