So’nggi yangiliklar

08:00Sofascore. Жамоасини мағлубиятдан қутқариб қолган Алиқулов кечаги учрашувда нечи баҳога лойиқ кўрилди?  0 07:28Винисиусни қўлга киритиш учун саудияликлар "Реал"га дахшатли таклиф юборишга тайёр  3 01:27Туркия. Ҳусниддин Алиқулов гол уриб, жамоасини мағлубиятдан қутқариб қолди  3 01:15"Барселона" Гампер Кубогида йирик мағлубиятга учради  7 00:33"Ланс" ҳимоячисига "Ювентус" ва "Аталанта" қизиқиш билдирмоқда  0 23:55Миржалол Қосимов: "Натижадан қониқдим, аммо жамоам намойиш этган ўйин мени ҳурсанд қилмади. Очколарни кузда санаймиз"  12 23:52Жамшид Саидов: "Биргина хато қимматга тушди"   1 23:09Февзи Давлетов: "Биринчи бўлимда устунликка эришган бўлсак ҳам, тўп рақиб дарвозасига кирмади"   2 22:43Сергей Лушчан: "Рақибимиз ўйин давомида иккита зарба берди ва иккита гол урди. ОКМК бугун ҳақли равишда ғалаба қозонди"  13 22:40Гампер Кубоги. "Барселона" таркиби маълум  6 22:22"Сурхон" - "Қизилқум" 1:0  2 21:29ОКМК - "Навбаҳор" 2:1  3 21:27"Реал" Суперкубок учун қайдномани эълон қилди  6 21:05Суперлига. "Сурхон" кичик ҳисобда "Қизилқум"дан устун келди  15 21:05Суперлига. ОКМК сўнгги дақиқаларда урилган гол эвазига "Навбаҳор"ни мағлуб этди  115

"Manchester Siti" - "Manchester Yunayted". 1:0 Yangiliklar

"Manchester Siti" - "Manchester Yunayted". 1:0

Angliya premer ligasining 10-turidan o'rin olgan "Manchester Siti" - "Manchester Yunayted" uchrashuvining matnli translyaciyasini shu erda kuzatib borish mumkin bo'ldi.

                                 MATNLI TRANSLYACIYA
                                           
YANGILASH

Xullas, shunaqa gaplar. Etiboringiz uchun tashakkur. Sizning xizmatingizda o'sha TerminaTor bo'ldi.

44 yillik anana buzildi va Man Siti qatorasiga 4-bor MYUni taslim etdi.

Siti futbolchilari qo'shiq kuylanayotgan "Ettixad" maydoni bo'ylab aylanishmoqda.

90+5-daqiqa. MYU hali ham umidini uzmadi.
Jaamoa oldinga o'tmoqda, lekin Fellaynidan to'pni Fernando olib qo'ydi va tamom.
 
90+2-daqiqa. Uzoq masofaga to'p oshirish va Fellaynining bemalol zarba berishiga hamyurti Kompani imkon bermadi.

90+1-daqiqa. Uilson burchak to'pi ishlab oldi. Har ikki safar ham Di Mariya to'pni yaqin burchakka etkazib berdi, lekin Siti himoyachilari to'pni qaerga bo'lsa ham tepib yuborish bilan bandlar. 

90-daqiqa. MYU oldinga o'taman deb, to'pni oldirib qo'ymoqda va burchak to'pi. Jekoning noaniq zarbasi.
  
89-daqiqa. Yaya Turening zarbasi!!! Noaniq.

87-daqiqa. Uilson kutilmaganda raqib jarima maydoni ichida "jang"ga kirishdi. Lekin to'p maydondan chiqib ketib qoldi.
 
86-daqiqa. Jeko to'pni qaytarib berdi. Feyr-pley
 
84-daqiqa. Xart bilan to'qnashuvdan keyin Runi maydonda yotibdi.

82-daqiqa. Van Persining o'rniga Jeyms Uilson maydonga tushdi. Agueroning o'rniga Fernandino
 
81-daqiqa. MYU 10 kishi bo'lib faqat hujum xaqida o'ylamoqda.

80-daqiqa. Di Mariyaning zarbasi "Osmonlarga olib ketaman" degan qo'shiqni yodimga solib yubordi.

79-daqiqa. MYU jarima to'pini o'yinga kiritadi. Fernandoga sariq.

77-daqiqa. MYUning jahli rosmanasiga chiqdi shekilli. Ketma-ket vaziyatlar. Fellayni, Runi, Di Mariya, lekin har safar nimadir etmay qolmoqda.    

76-daqiqa. Runining ajoyib reydi va Di Mariyadan omad yuz o'girdi.
 

Xesus Navas va Van Persida juda qulay imkoniyatlar bo'ldi. Ammo har ikki safar omad himoyalanayotganlarga kulib boqdi.

74-daqiqa. Qayta-qayta hujumlar va to'p darvoza to'siniga tegib qaytmoqda.

73-daqiqa
. Endi Siti hujumda. Navas qanotdan oldinga o'tib bormoqda.
 
72-daqiqa. Runidan to'pni qabul qilib olgan Di Mariya ajoyib harakat qildi va Fellaynini Xart bilan uchrashuvga chiqarib qo'yayotgandi. Lekin belgiyalik "telpak"ning tezligi pand berdi.
 
71-daqiqa. O'ZGARISH. Yovetich o'rniga Jeko.

70-daqiqa. O'ZGARISH. Milner o'rnini Nasriga bo'shatib bermoqda.

67-daqiqa. Runi, Di Mariya va Fellayni jamoani qiyin vaziyatdan olib chiqib ketishmoqchi.  

66-daqiqa. MYUning ham qo'yotadigan narsasi qolmadi. 10 kishi bo'lib ham oldinga o'tishga majbur. 

65-daqiqa. Ana endi o'yin jonlandi. 

Mana sizga Makneyrning tajribasizligi. Himoyachi bir soniyaga Agueroni ko'zdan qochirdi va gol!

63-daqiqa. Gooool! Aguero qanotdan uzatilgan to'pni darvozaga to'g'irlab qo'ydi!

61-daqiqa. Aguero jarima maydoni ichida yiqildi, hushtak jim!

59-daqiqa.
Makneyr o'ziga ishonmayotgandek.
 
58-daqiqa.
Sabaleta to'p bilan maydon tashqarisiga chiqib ketdi.

57-daqiqa.
MYU hamon himoyalanmoqda.

56-daqiqa. Ketma-ket ikki bor burchak to'pi va hujum qaytarildi.

54-daqiqa. Ha, Marko Roxo o'yinni davom ettira olmaydi. Uning o'rniga Makneyr tushdi.
 
52-daqiqa.
Raqib hujumini qaytarish vaqtida Roxo jarohat olgan ko'rinadi.

51-daqiqa. Siti yana hujum uyushtirdi. Burchak to'pi.

49-daqiqa. MYU jarima maydonchasi ichida "to'polon", futbolchilar ketma-ket raqib qo'li bilan o'ynadi deb, hakamga yuzlanishdi. Oliver jim.
 
48-daqiqa.
MYU hujum uyushtirmoqchi bo'lib ko'rdi. Van Persi to'pga eta olmadi. 

47-daqiqa. MYU endi hech qayerga shoshmayapti.
 
46-daqiqa. Siti hujum uyushtirdi lekin, befoyda. 

Ikkinchi bo'lim boshlandi.

45+3-daqiqa. Tushunarsiz holat. Jarima maydoniga kirib borgan Yaya Tureni Roxo yiqitgandek ko'rindi, lekin hakam tinchgina bo'limni tugatdi, qo'ydi.
 

45+2-daqiqa. Hech nima bo'lgani yo'q, to'p De Xeada
  

45+1-daqiqa. Siti to'pni burchakdan o'yinga kiritadi.

44-daqiqa. Yana Fellayni ikkinchi qavatda yaxshi harakat qildi.

43-daqiqa.  Navas oldinga o'tdi va zarba berdi. Burchak to'pi.

43-daqiqa. O'ZGARISH! Kerrik maydonga tushdi. Yanuzay Smollingga katta raxmat aytib qo'ysa ajabmas.

41-daqiqa.
Qarama-qarshi hujumlar! Aguero jarima maydoni ichida yiqilib tushdi, lekin hakam boshini likillatgancha orqasiga qayrilib ketdi.
 
40-daqiqa. MYU 10 kishi bo'lib qoldi!
 
39-daqiqa. Kris Smolling uyiga ertaroq boradigan bo'ldi. Milnerga qarshi qoidani buzgani uchun ikkinchi sariq va qizil!
  
38-daqiqa. Runiiii!!! Himoyada jonbozlik ko'rsatdi.

37-daqiqa. Fellayni Fernandoning oyog'iga tepib yubordi. Jarima zarbasi belgilandi.
 
36-daqiqa. MYUning ham hujumi oxiriga etmay qoldi.
 
35-daqiqa.
Yovetich, Milner va to'p maydon tashqarisida. Yana o'xshamadi.

33-daqiqa. Jamoalar bir oz tin olgandek.

32-daqiqa. Qarshi hujumda MYU. Lekin Di Mariyaning niyati amalga oshishiga raqib yo'l qo'ymadi.

31-daqiqa. Smolling sariq kartochka oldi.

30-daqiqa.
Van Persiga nisbatan qoida buzildi, lekin "qizil iblislar" undan foyda chiqara olishmadi.
  
29-daqiqa. Avvalgi mavsumda 20 ta gol urgan Yaya to'pni tomoshabinlarga yo'lladi.
 

28-daqiqa. Qoida buzildi. Jarima zarbasini Siti tepadi. Blindda esa sariq!

27-daqiqa. Sitini hujumi, Valensiya o'ylanib o'tirmadi va to'pni maydon tashqarisiga tepib yubordi.

25-daqiqa. MYU o'yin tempini bir oz tushirmoqchi.

24-daqiqa. Milnerning oyoqlari misoli o'roq bo'lib, Yunaytedning o'yinchilariga "ko'zini olaytirmoqda". 

23-daqiqa. SHou qanotdan oldinga o'tdi, lekin sheriklariga to'p etib bormadi.

22-daqiqa. Runi ochiqchasiga tayanch yarim himoyachisi o'rnida harakatlanmoqda. 

21-daqiqa. Siti uyg'ondi! Ketma-ket hujum va zarbalar. Hozircha faqat De Xea borligi uchun hisob ochilmadi.
 
20-daqiqa
. Aguero aldamchi harakatlar bilan jarima maydoniga kirib borib, zarba berdi De Xea qaytardi.

18-daqiqa. Argentinaliklar to'qnashuvi. Roxo Agueroni yiqilishiga "yordam" berib yubordi.
 
17-daqiqa. MYU ko'proq chap qanotdan hujumga o'tishga harakat qilmoqda. SHou faol.

16-daqiqa.
Jamoalar kim to'pni ko'proq oldirib qo'yish o'ynamoqda shekilli.

15-daqiqa.
Yanuzayga qarshi yana qoida buzildi.

14-daqiqa.
Van Persi qanotdan uzatilgan to'pni darvozaga yo'llamoqchi edi. Noaniq.
 
13-daqiqa.
Runi odatdagidek maydon markazigacha kelib, o'yinni tashkil etishda yordamlashmoqda.

12-daqiqa.
Navas qanotda SHoudan o'tib ketmoqchi edi. Himoyachi qoidani buzib bo'lsa ham raqibni to'xtatdi.
 
11-daqiqa.
O'yin teng kurashlarda o'tmoqda.

10-daqiqa. Endi MYU havfli hujum uyushtirdi! Bir nechta pas, Van Persi to'pni orqaroqda turgan Yanuzayga tashlab berdi belgiyalik esa nishonda bir oz adashdi. 

8-daqiqa. Siti ijrosida ajoyib hujum! Valensiya nima bo'layotganini tushunmay, qotib qoldi. Lekin De Xea o'z o'rnida.
 
7-daqiqa. Siti to'pni o'z nazoratiga olmoqchi. Yanuzay bunga rozi emas.

5-daqiqa. Jamoalar oldinga o'tish uchun variantlarni o'rganib chiqishmoqda.
  

4-daqiqa. Tezkor xabar! Barcha manbalarda asosiy tarkibda maydonga tushadi deyilgan Kolarov jarohat olib, zaxira o'rindig'ida o'tiribdi. Uning o'rniga Klishi tushgan.
 

2-daqiqa. MYU hujumga o'tayotgandi, Van Persi o'yindan tashqari holatda.

1-daqiqa. Pellegrini o'z o'rniga qaytib o'tirdi.

Vaaaaa sal qolishiga ozgina qoldi. Xart o'z o'rnida.

38-soniyadayoq MYU jarima to'pini tepdi va

Boshlashdi.

Aguero gol urish uchun oyoq kiyimining iplarini tartibga keltirmoqda, deb ulgurmasimizdan, Van Persi men ham shu erdaman degandek CHiqib qoldiyu.

Jamoalar maydonga tushib kelishdi!

Yana bir malumot bugungi kunga kelib, Aguero ushbu mavsumning to'purari bo'lib turibdi va uning hisobida ham 9 ta gol bor. Yana bitta 9!  

Uni-buni qo'ying, Man Siti o'zining chempionlik rejimini ushlab turganini bilarmidingiz?!

Yaqin ikki soat ichida sizlar bilan TerminaTor bo'ladi.

Bu shunchaki qiziqarli(bo'lishi mumkin bo'lgan) faktlar edi. Biz hech kimga “paxta qo'ymoqchi” ham, yomonlamoqchi ham emasmiz.

Manchester Yunayted shuncha shov-shuv va vahima bilan olib kelingan Lui van Gal, ishonchni “oqlab”, “rekord” qo'yib qo'yibdi. Golland boshliq “qizil iblislar”(avvallari shu so'zni eshitganimiz zahoti, ko'z oldimizda uncha-muncha raqibni jonini koyitmasdan taslim etuvchi jamoa gavdalanardi. Hozirgi kunda esa...) hisobida 13 ochko mavjud.

Yomonlab-yomonlab haydalgan Devid Moyes davrida ochkolar hech yo'g'i 14ta edi.

Edin Djeko va Serxio Aguero juftligi "Manchester Yunayted"ga qarshi APL doirasida o'tgan oxirgi 5ta o'yinda 4ta gol urishga erishgan!

Premer-ligada Siti “Manchester” derbisining so'nggi besh uchrashuvida g'alaba nashidasini surib, bor yo'g'i birgina bahsda boshi egik holda maydonni tark etgan.

Yaya Ture MYU bilan bo'lgan oxirgi to'rt o'yinning uchtasida gol urishga muvaffaq bo'lgan!

Ueyn Runi esa “Ettixad Stadium”dagi so'nggi besh bellashuvning to'rt bor raqiblarni ranjitgan. Etiborlisi, ularning uchtasi oxirgi ikkita o'yinga to'g'ri keladi.

Avvalroq xabar berganimizdek, Runi ushbu derbining eng yaxshi to'purari hisoblanadi (Bu borada Aziz To'xtamurodovga tashakkur). Etiborlisi shundaki hujumchi ularning 8tasini Premer-liga doirasidagi to'qnashuvlarda rasmiylashtirgan.

Premer-liga doirasidagi oxirgi uchrashuvlarda(3ta) faqat Manchester Siti zafar quchmoqda. Jamoa 1970 yildan buyon qatorasiga 4 bor “Manchester” derbisida g'alaba qozonmagan!

Endigina 9 tur ortda qolganiga qaramay, David de Xea “qizil iblislar” tarkibidagi barcha uchrashuvda maydonga tushgan yagona futbolchi!  

O'tgan mavsumning boshidan hisoblab chiqsak, Edin Djeko tanasining barcha azolari (boshi va har ikki oyog'i) bilan gol urgan, chempionatdagi tanho sportchi.

- Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 18:30da boshlanadi.

Manchester Siti – Manchester Yunayted
2 noyabr, 18.30, Etixad Stedium

"Manchester Siti": Xart, Sabaleta, Klishi, Demichelis, Kompani, Fernando, Yaya Ture, Navas, Milner, Yovetich, Aguero.
Zaxira: Kabalero, Klishi, Sanya, Fernandino, Boyata, Jeko, Nasri.
"Manchester Yunayted": De Xea, Valensiya, Smolling, Roxo, SHou, Blind, Fellayni, Yanuzay, Runi, Di Mariya, Van Persi.
Zaxira: Lindegaard, Makneyr, Kerrik, Fletcher, Errera, Mata, Uilson.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика