"Manchester Siti" Lukakuga qiziqmoqda, ammo forvard "Inter"da qolmoqchi. "CHelsi" bilan ham muzokaralar yo'q
08 may 2021 15:16
Yangiliklar


"Manchester Siti" Lukakuga qiziqmoqda, ammo forvard "Inter"da qolmoqchi. "CHelsi" bilan ham muzokaralar yo'q
Hujumchi Romelu Lukaku yozgi transfer oynasida "Inter"ni tark etishi mumkin edi.
Jurnalist Nikola Skiraning xabariga ko'ra, belgiyalik futbolchiga bir necha hafta oldin "Manchester Siti" qiziqish bildirgandi, ammo "Inter" forvardni sotishni xohlamagan va o'yinchining o'zi ham Milanda qolishni xohlagan edi.
"CHelsi" va Lukaku ham mish-mishlarga qaramay, muzokaralar olib borishmayapti.
27 yoshli forvard joriy mavsum A Seriya doirasidagi 33ta o'yinda maydonga tushib, 21ta gol va 10ta assist qayd etdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar