"Manchester Siti" Kulibali uchun kurashda yetakchilik qilmoqda

Alisher
8 mar 2021, 17:15
"Napoli" markaziy himoyachisi Kalidu Kulibali yozda klubini o'zgartirishi mumkin.

29 yoshli senegallik futbolchiga "Manchester Siti" va "Liverpul" klublari jiddiy tarzda qiziqish bildirishmoqda.

Xabarlarga ko'ra, Kulibali uchun kurashda "shaharliklar" yetakchilik qilmoqda, "qizillar" uchun esa neapolliklar himoyachisi birinchi o'rindagi vazifa emas.

Futbolchi joriy mavsum A Seriya doirasidagi 18ta o'yinda maydonga tushdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: The Sun