"Manchester Siti" klubi Kompani va Silvaning haykalini o'rnatadi
23 avg 2021 19:10
Yangiliklar
"Manchester Siti" klubi Kompani va Silvaning haykalini o'rnatadi
Angliyaning "Manchester Siti" klubi rasmiy sayti yaqin kunlarda "Etihad Stadium" yaqinida Vinsan Kompani hamda David Silvaning haykallari o'rnatilishi haqida xabar berdi.
Belgiya va Ispaniya terma jamoasining sobiq futbolchilari ko'p yillar davomida "shaharliklar" tarkibida to'p surib, klubning haqiqiy ramziga aylandi. Haykallarning ochilish marosimi 28 avgust kuni "Manchester Siti" — "Arsenal" uchrashuvi oldidan bo'lib o'tadi.
SHuningdek, kelgusida "Manchester Siti" uy stadioni yaqinida o'tgan mavsum so'ngida jamoani tark etgan klub afsonasi Serxio Agueroning haykali ham paydo bo'ladi. Argentinalik futbolchining timsoli 2022 yilda qad rostlaydi.
Eslatib o'tamiz, "moviyranglar" APLning amaldagi chempioni hisoblanadi.
Fikrlar