"Manchester Siti" kelasi mavsumdan Puma liboslarini kiyadi. Kelishuv 760 mln. evroga teng
28 fev 2019 14:54
Yangiliklar


"Manchester Siti" kelasi mavsumdan Puma liboslarini kiyadi. Kelishuv 760 mln. evroga teng
"Manchester Siti" Puma kompaniyasi bilan 10 yillik hamkorlik bo'yicha shartnoma imzolaganini elon qildi.
Ingliz nashrlari bergan malumotga ko'ra, kelishuv bitimi 760 mln. evroga teng.
Puma kelasi mavsumdan boshlab "shaharliklar"ga forma etkazib berishni boshlaydi. Bundan tashqari, "shaharliklar"ga qarashli yana 4ta klub - "Sichuan Czyunyu", "Jirona", "Melburn Siti" va "Atletiko Torke" ham ushbu kompaniya liboslaridan foydalanadi.
"Bu "Manchester Siti" uchun tarixiy kun. Hozirgacha hech kim bunday bitim imzolamagan. Bizga klubimiz kabi tez harakatlana oladigan hamkor kerak edi. Senda bitta hamkor bo'lsa, muzokaralarga kamroq vaqt ketadi va global harakatlanishga imkon beradi" - deydi "Manchester Siti" ijrochi direktori Ferran Soriano.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar