"Manchester Siti" joriy mavsumda CHempionlar ligasi pley-off bosqichida o'z uyida birorta ham gol o'tkazib yubormadi
18 may 2023 09:12
Yangiliklar


"Manchester Siti" joriy mavsumda CHempionlar ligasi pley-off bosqichida o'z uyida birorta ham gol o'tkazib yubormadi
"Manchester Siti" 2022/2023 yilgi mavsumda o'z uyida pley-off bosqichida gol o'tkazib yubormay, CHempionlar ligasi finaliga chiqdi.
1/8 finalda inglizlar “Etihad” stadionida “RB Leypcig”ni 7:0, chorak finalda “Bavariya”ni 3:0, yarim finalda “Real”ni 4:0 hisobida mag'lub etishdi. Pley-offning oltita uchrashuvida “Manchester Siti” o'z darvozasidan uchta gol o'tkazib yubordi. Umumiy turnir davomida esa jamoa jami 9 ta gol o'tkazib yubordi.
Endi "Manchester Siti" ECHLning bosh sovrini uchun 10 may kuni "Inter"ga qarshi bahs olib boradi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar