"Manchester Siti" Jezus borasida PSJ bilan muzokaralar o'tkazishdan bosh tortdi
27 avg 2021 11:24
Yangiliklar
"Manchester Siti" Jezus borasida PSJ bilan muzokaralar o'tkazishdan bosh tortdi
PSJ "Manchester Siti" hujumchisi Gabriel Jezus bilan shartnoma imzolashga qiziqmoqda.
Angliya klubi Braziliya terma jamoasi o'yinchisining sotuvi bo'yicha muzokaralar o'tkazishdan bosh tortdi.
Parij klubi Jezusni tez orada "Real"ga o'tishi mumkin bo'lgan Kilian Mbappega ehtimoliy o'rinbosar sifatida ko'rmoqda. Parijliklar shuningdek "Everton"da o'ynayotgan braziliyalik Risharlisonga ham befarq emaslar.
24 yoshli Jezus ushbu mavsum APL doirasidagi 2ta o'yinda maydonga tushib, 2ta assist qayd etdi.
Fikrlar