"Manchester Siti" ikki futbolchi uchun 200 mln evro sarflashga tayyor
10 fev 16:50
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/814316_original.jpg)
![](/upload/storage/814316_220.jpg)
"Manchester Siti" ikki futbolchi uchun 200 mln evro sarflashga tayyor
"Bayer"ning ikki futbolchisi "Manchester Siti"ning transfer ro'yxatida.
Ushbu malumotni "Caught Offside" nashri tarqatdi.
Manbaga ko'ra, joriy mavsum yakunlangach, "shaharliklar" yarim himoyachi Jeremi Frimpong va hujumkor yarim himoyachi Florian Vircni sotib olish imkoniyatini ko'rib chiqishlari mumkin. Manbaning qayd etishicha, ingliz grandi ular uchun 170-200 mln evro to'lashga tayyor.
"Manchester Siti" futbolchilar uchun "Arsenal", "Liverpul", "Real", "Bavariya" va PSJ bilan raqobatlashishiga to'g'ri keladi.
24 yoshli Frimpong joriy mavsum barcha turnirlarda 33 o'yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 11 ta golga assistentlik qildi.
21 yoshli Virc esa ushbu mavsum 34 o'yinda 15 ta gol va 12 ta golli pasga muallif bo'ldi.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar
Tinchlikmi nimaga hamma alvido deb qolibdi.