"Manchester Siti" himoyachisi keyingi yil boshlarida safga qaytishi malum bo'ldi
13 sen 2019 19:15
Yangiliklar


"Manchester Siti" himoyachisi keyingi yil boshlarida safga qaytishi malum bo'ldi
"Manchester Siti" himoyachisi Emerik Laport 2019 yilda umuman maydonga tushmaydi, deya malumot berdi klub bosh murabbiyi Pep Gvardiola.
"U 5-6 oyni o'tkazib yuboradi va kelasi yili yanvar-fevral oylarida safga qaytadi", – deydi Gvardiola.
Laport APLning 4-turidan joy olgan "Brayton"ga qarshi o'yinda (4:0) jarohat oldi va keyinchalik jarrohlik amaliyotini o'tkazishga majbur bo'lgandi.
Gvardiolaning so'zlariga ko'ra, 3 haftani maydon tashqarisida o'tkazgan Jon Stounz jarohatidan tiklanmoqda va u 14 sentyabr kuni "Norvich" bilan o'yinda maydonga tushishi mumkin.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar