"Manchester Siti" himoya chizig'ini "CHelsi" tarbiyalanuvchisi bilan kuchaytirishi mumkin
03 iyu 2019 21:10
Yangiliklar


"Manchester Siti" himoya chizig'ini "CHelsi" tarbiyalanuvchisi bilan kuchaytirishi mumkin
"Bornmut" himoyachisi Natan Ake ushbu yozda "Manchester Siti"ga borib qo'shilishi mumkin.
Bu xaqda Franciyaning L'Equipe nashri xabar berdi. "SHaharliklar" Natan uchun 40 million funt atrofida to'lovni amalga oshirishadi. "Bornmut" klubi Akeni 2 yil avval yozda "CHelsi"dan 22,8 million evroga xarid qilgandi.
Ake "CHelsi" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. 24 yoshli himoyachi 2012 yildan beri APLning 117 o'yinida qatnashdi. Gollandiyalik futbolchi terma jamoa safida 10 ta o'yin o'tkazdi va 1 ta gol urdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar