"Manchester Siti" hamda "Yuventus" o'zaro futbolchi almashishga kelishib olishdi
06 avg 2019 00:48
Yangiliklar
"Manchester Siti" hamda "Yuventus" o'zaro futbolchi almashishga kelishib olishdi
Yuventus himoyachisi Joau Kanselu Manchester Sitiga o'tadi.
O'z navbatida «shaharliklar» azosi Danilo Turin klubi safiga borib qo'shiladi. Jamoalar o'zaro futbolchi almashishni kelishib olishgan.
Manbaga ko'ra, manchesterliklar Kanselu uchun «keksa seniora»ga yana qo'shimcha 28 mln. evro o'tkazib beradi.
Kanselu o'tgan yili «Valensiya»dan 40,4 mln. evro evaziga Italiyaga ko'chib o'tgandi. Portugaliyalik o'yinchi ortda qolgan mavsumda 34 bahsda qatnashib, 1+5 ko'rsatkichga erishdi,
Danilo esa 2017 yili «Real»dan 30 mln. evro evaziga «Siti»ga transfer qilingandi. Braziliyalik himoyachi yakunlangan mavsum 22 o'yinda qatnashgan holda 1+1 natijani qayd etdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar