"Manchester Siti" futbolchisining maoshi 3 baravarga oshadi
26 fev 2024 23:03
Yangiliklar


"Manchester Siti" futbolchisining maoshi 3 baravarga oshadi
"Manchester Siti" vakili Oskar Bobbning yangi bitimi shartlari malum bo'ldi.
Malumotlarga ko'ra, yarim himoyachi yaqin vaqt ichida 2029 yilgacha mo'ljallangan shartnomaga imzo chekadi va uning maoshi 3 baravarga oshadi.
Bobb yangi bitim bo'yicha haftasiga 37 ming funt oladi. SHunday qilib, u yangi shartnomaga ko'ra 5 yil ichida 9,7 mln. funtdan ko'proq pul ishlab topadi.
Joriy mavsum 20 yoshli norvegiyalik Manchester klubi safida va Norvegiya kattalar terma jamoasida debyut qildi. O'tgan hafta u ilk bor APL o'yinida asosiy tarkibda maydonga tushdi, oldinroq milliy jamoasidagi debyut golini urgan edi.
Bobb joriy mavsum APLning 8ta o'yinida bitta gol urib, 1ta golli pas bergan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar