"Manchester Siti" futbolchisi "Beshiktosh"ga 2 million evro evaziga o'tishi mumkin
27 iyu 2019 15:33
Yangiliklar
"Manchester Siti" futbolchisi "Beshiktosh"ga 2 million evro evaziga o'tishi mumkin
"Manchester Siti" himoyachisi Elyakim Mangala faoliyatini Turkiyada davom ettirishi mumkin.
28 yoshli franciyalik futbolchiga Istanbulning "Beshiktosh" klubi qiziqmoqda. "SHaharliklar" uni 2 million evroga sotishmoqchi.
Eslatib o'tamiz, Mangala 2014 yilda "Portu"dan 40 million evro evaziga xarid qilingan. Himoyachi bahorda "Siti" bilan shartnomasini 2020 yil yoziga uzaytirgan edi.
Mangala faoliyatini "Standard"da boshlagan va aynan shu klub tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. 2011 yildan "Portu" futbolchini xarid qilgan. 2014 yilda futbolchi "shaharliklar" etiboriga tushdi va u Angliyaga ko'chib o'tdi. "Manchester Siti" uni turli yillarda "Valensiya" va "Everton" klublariga ijaraga bergan.
Mangala 2013 yildan buyon Franciya terma jamoasi futbolchisi sanaladi.
Fikrlar