"Manchester Siti" futbolchilari Rodjestvo ziyofatiga borishmadi
13 dek 2019 20:12
Yangiliklar


"Manchester Siti" futbolchilari Rodjestvo ziyofatiga borishmadi
"Manchester Siti" futbolchilari jamoa bosh murabbiyi Pep Gvardiolaning qaroriga ko'ra, payshanba kechasida bo'lgan Rodjestvo ziyofatiga borishmadi.
Ispaniyalik mutaxassis jamoa futbolchilari ushbu bazmdan keyin jismoniy holatini yo'qotishidan qo'rqqan. Aynan shunday ziyofatdan keyin jamoa 2018 yilning dekabrida "Kristal Pelas" (2:3) va "Lester"ga (1:2) imkoniyatni boy bergandi.
O'sha paytda futbolchilar mashg'ulotlarni o'tkazib yuborishmagan bo'lishsa-da, tungi klubda tonggacha uxlamasdan bazm qilishgandi. "Pelas"dan uchralgan mag'lubiyatdan 2 kun o'tib, buning sababi o'sha bazmligini futbolchilarga malum qilgan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar