"Manchester Siti" de Bryuyneni yo'qotdi
18 apr 2021 01:52
Yangiliklar
"Manchester Siti" de Bryuyneni yo'qotdi
"Manchester Siti"ning belgiyalik yarim himoyachisi Kevin de Bryuyne jarohat tufayli safdan chiqdi.
Futbolchi Angliya Kubogi 1/2 finali doirasidagi "CHelsi"ga qarshi o'yinda (0:1) jarohat oldi va ikkinchi bo'lim boshida zaxiraga olindi. Yarim himoyachi tez fursatlarda tibbiy ko'rikdan o'tadi va jarohatining og'irlik darajasi va tiklanish vaqti aniqlanadi.
29 yoshli de Bryuyne ushbu mavsumda "Manchester Siti" tarkibida barcha musobaqalarda 35 uchrashuvda maydonga tushib, 8 ta gol urgan va 16 ta golga uzatma bergan. Uning klub bilan shartnomasi 2025 yilning yozigacha amal qiladi.
Fikrlar