"Manchester Siti" darvozaboni "Bernli"ga o'tdi
07 avg 2018 15:01
Yangiliklar
"Manchester Siti" darvozaboni "Bernli"ga o'tdi
"Manchester Siti" klubiga tegishli bo'lgan darvozabon Jo Xart faoliyatini boshqa klubda davom ettiradi.
Bu haqda "Bernli" klubi rasmiy sayti xabar berdi. Xart yangi jamoasi bilan 2 yillik shartnoma tuzdi.
Darvozabon "Bernli" safida 20-raqam ostida o'ynaydi.
Jo Xart o'tgan yilgi mavsumni "Vest Xem"da, undan oldingi mavsumni esa Italiyaning "Torino" klubida ijarada o'tkazgandi.
Fikrlar