"Manchester Siti" CHempionship finalidan 20 mln funt-sterling ishlab olishi mumkin
24 may 2024 02:13
Yangiliklar
"Manchester Siti" CHempionship finalidan 20 mln funt-sterling ishlab olishi mumkin
Angliyaning "Manchester Siti" klubi ikkinchi darajali liga pley-off bosqichidan pul ishlab olishi mumkin.
Premer-liga yo'llanmasi uchun CHempionship finalida "Lids Yunayted" va "Sautgempton" jamoalari bellashadi.
Gap shundaki, "Sautgempton" o'tgan yozda angliyalik 21 yoshli futbolchi Teylor Xarvud-Bellisni "Manchester Siti"dan bir mavsumga ijaraga olgandi.
SHartnomadagi bandga ko'ra, "avliyolar" klub Premer-ligaga yo'l olgan taqdirda, markaziy himoyachini 20 million funt-sterlingga sotib olishga majbur.
Teylor Xarvud-Bellis Angliya U-21 terma jamoasi sardori hisoblanib, ushbu yosh toifasida Evropa chempionligini qo'lga kiritgan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar