So’nggi yangiliklar

01:00АПЛ. "Манчестер Сити" - "Борнмут" (онлайн ҳисоб)  27 00:35Эмилиано Мартинес икки топ-клуб қизиқишлари доирасида  2 00:13"Атлетико" президенти 3-ўрин ҳақида: "Бу фалокат!"  9 23:45"Барселона" асосий трансфер мақсадини белгилаб олди  10 23:19Анге Постекоглу: "МЮ футболчиларининг бундай катта ўйинга қандай тайёрланишини билмаймиз"  1 22:55Родригога Англиядан харидор чиқди  2 22:31ОФК клублар рейтинги янгиланди. Ўзбекистон ўз ўрнида қолди  10 22:06"Барселона" ҳимоя етакчиларидан бири билан шартномани узайтирмоқчи  2 21:40"Милан"нинг ЕЧЛга чиқа олмагани клубга бир неча ўн миллион еврога тушади  5 21:14"Рома"ни бошқариш учун яна бир номзод пайдо бўлди  6 20:48Португалия термаси Миллатлар Лигаси ярим финали учун қайдномасини эълон қилди  5 20:24Мавсумнинг энг яхши дарвозабонлари рейтинги тузилди. АПЛ ва Лига 1 вакиллари етакчилик етакчилик қилмоқда  0 20:02Ўзбекистон Кубоги. "Сўғдиёна" "Хоразм ФА"ни йирик ҳисобда мағлуб этди, "Цементчи"га техник мағлубият ёзилди  4 19:06Лига 1 2024/25 йилги мавсуми рамзий жамоаси эълон қилинди  2 18:41Тошкентда ютган мураббий ва футболчи, мавсумдаги илк ғалабага эришган посбон, "Жар"да супергол урган футболчи — Суперлигада 10-турнинг энг яхшилари  2

"Manchester Siti" bugun chempion bo'ladimi? Yangiliklar

"Manchester Siti" bugun chempion bo'ladimi?

Bugun APLning 34-turi doirasida "Manchester Siti" safarda "Tottenxem" mehmoni bo'ladi.

"Tottenxem" - "Manchester Siti"
SHanba, 23:45. London, "Uembli".
Taxminiy tarkiblar:
"Tottenxem":
Loris – Ore, Sanches, Vertongen, Devis – Dayer, Dembele – Eriksen, Alli, Son – Keyn.
"Manchester Siti": Ederson – Uoker, Kompani, Otamendi, Delf – De Bryuyne, Gyundogan, D. Silva – B. Silva, Jezus, Sane.

Jamoa to'purarlari: Keyn, 25 – Aguero, 21.
O'yinda qatnashmaydi: Uinks, Uoker-Piters, Rouz – Fernandino, Mendi, Aguero.
So'roq ostida: Stounz ("Manchester Siti").

"Tottenxem" o'yinga optimal tarkibini tashlaydi. "SHporlar" birinchi davradagi mag'lubiyat alamini olishga harakat qilishlari aniq. SHuningdek, jamoa to'purari Xarri Keyn gol urish borasida Muhammad Salohga etib olish uchun intiladi. Ayni damda ularning orasidagi farq 4 golni tashkil etmoqda.

"Manchester Siti"da esa jiddiy yo'qotish bor. MYUga qarshi o'yinda Fernandino sariq kartochka oldi va uning ogohlantirishlari soni 10taga etgani bois, "Uembli"dagi bahsni o'tkazib yuboradi. Uning o'rnida Ilkay Gyundogan maydonga tushishi kutilmoqda.

"Manchester Siti" so'nggi uch uchrashuvida mag'lubiyatga uchradi. Jamoa ikki bora "Liverpul"ga mag'lub bo'ldi va ECHLdan chiqib ketdi. SHuningdek, "Manchester Yunayted"ga yutqazib qo'ydi.

"Manchester Siti" bugun chempion bo'lmaydi, bu aniq. Bu voqea ertaga sodir bo'lishi mumkin. SHunda ham "Manchester Siti" safarda "Tottenxem" ustidan g'alabaga erishishi, "Manchester Yunayted" esa o'z maydonida, "Old Trafford"da "Vest Bromvich"ga imkoniyatni boy berishi kerak. Agarda “Yunayted” g'alabaga erishsa, chempionlik yana bir turga kechikadi.

QIZIQARLI FAKTLAR

- "Tottenxem" "Manchester Siti"ga qarshi kechgan so'nggi 5 uy uchrashuvining faqatgina bittasida mag'lub bo'lgan va ikkitasida g'alabaga erishgan.

- "Tottenxem" APL doirasida so'nggi 14 uy bahslarida yutqazmadi. Bu natija esa "shporlar" uchun rekord natijadir.

- "Manchester Siti" bugun g'alabaga erishadigan bo'lsa, bir mavsumning o'zida Londonning uch jamoasi "CHelsi", "Arsenal" va "Tottenxem"ni safarda mag'lub etgan to'rtinchi jamoaga aylanadi. Oldin bu natijani "Koventri" (1993/94), "CHarlton" (2001/02) va "Blekbern" (2002/03) jamoalari qayd etgan.

- Serxio Aguerodan (10 gol) ko'ra, Alan SHirer (14), Ueyn Runi va Jimmi Floyd Xasselbaynk (11tadan gol) "Tottenxem"ga ko'proq gol kiritgan.

O'ZARO O'YINLAR

Jamoalar barcha turnirlarda o'zaro 155 uchrashuv o'tkazishgan. Qizig'i, ikki tomonda ham natijalar teng - 60tadan g'alaba. 35 uchrashuvda durang qayd etilgan. Biroq gol urish borasida ustunlik "shaharliklar" tomonida - 241:215.

Jamoalarning o'zaro so'nggi 5 uchrashuvi:

APL 2017/18, 16.12.2017. "Etixad"
"Manchester Siti" – "Tottenxem" 4:1 (1:0)

Xalqaro CHempionlar kubogi 2017, 29.07.2017. AQSH, "Nissan"
"Manchester Siti" – "Tottenxem" 3:0 (1:0)

APL 2016/17, 21.01.2017. "Etixad" 
"Manchester Siti" – "Tottenxem" 2:2 (0:0)

APL 2016/17, 02.10.2016. "Uayt Xart Leyn"
"Tottenxem" – "Manchester Siti" 2:0 (2:0)

APL 2015/16, 14.02.2016. "Etixad"
"Manchester Siti" – "Tottenxem Xotspur" 1:2 (0:0)

BIRINCHI DAVRADAGI O'YIN

"Manchester Siti" - "Tottenxem" 4:1
"Etixad", 54214 tomoshabin.
"Manchester Siti":
Ederson, Otamendi, Mangalya, Uolker, Fernandino, Delf, Gyundogan (Foden, 83), De Bryuyne, Sterling, Sane (B.Silva, 85), Aguero (Jezus, 58).
"Tottenxem": Loris, Vertongen, Rouz (Devis, 89), Tripe, M. Dembele, Eriksen, Alli (M. Sissoko, 84), Dayer, Uinks, Son (Lamela, 77), Keyn.
Gollar: Gyundogan (14), De Bryuyne (70), Sterling (80, 90) - Eriksen (90).
Ogohlantirish: Otamendi (38), Delf (51) - Keyn (52), M. Dembele (62), Alli (68), M. Sissoko (90).

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика