So’nggi yangiliklar

08:01Суперлига. Бугун "Олимпия" стадиони Суперлига баҳсига мезбонлик қилади  0 07:35АПЛ. "Челси" сўнгги дақиқаларда ғалабани қўлдан бой берди.  2 03:08Акмал Рустамов: "Қўқон шамоли? Бундай об-ҳавода ҳар иккала жамоа ўйнади"  2 02:50Баҳром Ҳайдаров: "Қизилқум"дек жамоани мағлуб этганимиздан хурсанд бўлдим"  1 01:55Суперлига. Ўзбек "Эл Классико"сида "Пахтакор" ғалаба қозонди, "Қўқон-1912" эса ўз майдонида "Қизилқум"ни енгди  1 01:27Камолиддин Тожиев: "Пахтакор"га қарши барча рақиблар 200%га ўйнайди"  7 00:41Левченко: "Пахтакор" нима қилди? Фақат ҳимояланди-ку"  30 00:34Бундеслига. "Бавария" "Гамбург" дарвозасига жавобсиз 5 та гол урди, мюнхенликлар дастлабки 4 та тўпни 29 дақиқа ичида киритишди  0 00:00Туркия Суперлигаси. Истанбул дербисида "Бешиктош" "Истанбул Башакшехир"ни мағлуб этди, Шомуродов янги клубидаги дебют голини урди!   40 23:27АПЛ. "Тоттенхэм" Лондон дербисида "Вест Хэм"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  0 23:14А Серия. "Ювентус" ва "Интер" ўртасидаги ўйинда 7 та гол урилди  24 23:00Эрон Про лигаси. "Персеполис" ва "Фулад" ўртасидаги ўйинда ғолиб номи аниқланмади  3 22:13"Эвертон" Жек Грилиш бўйича қарор қабул қилди  1 21:26Ла Лига. "Реал Мадрид" қийин ўйинда "Реал Сосьедад"ни мағлуб этди, мадридликлар 32-дақиқада ўн киши бўлиб қолишди  54 21:06Суперлига. Бир киши кам бўлиб қолган "Пахтакор" "Нефтчи"ни мағлуб этди  230

"Manchester Siti" - "Barselona". Prevyu (fotogalereya) Yangiliklar

"Manchester Siti" - "Barselona". Prevyu (fotogalereya)

Toshkent vaqti bilan soat 00:45da “Manchester Siti” va “Barselona” o'rtasidagi superto'qnashuv bo'lib o'tadi.

“Manchester Siti” – “Barselona”
“Siti of Manchester” stadioni. 00:45
Bosh hakam:
Yonas Eriksson  (SHveciya)
Qanot hakamlari: Matias Klasenius  (SHveciya) , Daniel Vernmark  (SHveciya)
Qo'shimcha hakamlar: Stefan Yuxannesson  (SHveciya) , Markus Strembergson  (SHveciya)
To'rtinchi hakam: Daniel Gustavsson  (SHveciya)
UEFA delegati:  Xenk Kesler  (Gollandiya)
Hakamlar kuzatuvchisi: Xyu Dallas  (SHotlandiya)

Yo'qotishlar: Jeyms Milner (diskvalifikaciya), Serxio Aguero, Mattia Nastasich, Fernandino (jarohat) – Jonatan dos Santos (jarohat)


ECHL 1/8 finalida uchrashuv "Manchester Siti" va "Barselona" klublari o'rtasidagi dastlabki rasmiy o'yin bo'ladi.

• "Siti" safida to'rt nafar ispaniyalik futbolchi bor: Xavi Garsiya, Xesus Navas, Alvaro Negredo va David Silva. Yana to'rtta futbolchi Manchesterga Ispaniya chempionatidan ko'chib o'tgan. Ular orasida 2010 yil Kataloniya klubidan “Siti”ga o'tgan Yaya Ture ham bor. Qo'shimcha ravishda klubda ispan futbolida o'z o'rniga ega bo'lgan Manuel Pellegrini bosh murabbiy ishlamoqda, "Barselona"ning sobiq rahbarlaridan biri CHiki Begiristayn ayni paytda “shaharliklar”ning sport direktori hisoblanadi.

• Pellegrini jamoasi guruh bosqichida 15 ochko oldi, biroq ikkinchi bo'ldi. "Barsa" esa oltita o'yinda 13 ochko bilan birinchi o'rinni oldi.

Oldingi o'yinlar
• Jamoalar o'rtasidagi oltita o'rtoqlik uchrashuvi:
1952 "Barselona" - "Manchester Siti" 5:1
1957 "Barselona" - "Manchester Siti" 3:2
1974 "Barselona" - "Manchester Siti" 3:2
1986 "Barselona" - "Manchester Siti" 1:1 (3:4 penaltilar seriyasi)
2003 "Manchester Siti" - "Barselona" 2:1
2009 "Barselona" - "Manchester Siti" 0:1



• "Manchester Siti" stadioni 2003 yilning 10 avgust kuni "Barsa"ga qarshi o'yin bilan ochilgan. Mezbonlar safida Nikolya Anelka va Trevor Sinkler gol urishgan, kataloniyaliklar safida Xaver Saviola o'zini ko'rsatgandi. Mehmon jamoa tarkibida Karles Puyol, Xavi Ernandes va Andres Iniesta maydonga tushishgandi.

• Manchester klubi "Barselona" bilan 2009 yil o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazgan. Martin Petrovning goli britanlarga g'alaba keltirgandi. "Siti"ning hozirgi futbolchilaridan Pablo Sabaleta ushbu uchrashuvda qatnashgan, Yaya Ture esa "Barsa"da harakat qilgan.

To'qnashuvlar tarixi
• "Manchester Siti" ECHL 1/8 finaliga birinchi bor chiqdi, Pellegrini esa 2006 va 2009 yillarda "Vilyareal" bilan 2012 yil "Malaga" bilan chorak finalga qadar etib bora olgan.

• "Barselona" – Evropa chempionlar kubogining to'rt karra sohibi. Kataloniyaliklar ketma-ket ettinchi marta musobaqaning 1/4 finaliga chiqishga urinib ko'radi. O'tgan mavsumda ushbu bosqichda Vilanova shogirdlari "Milan"ga birinchi bahsda 0:2 hisobida yutqazib javob uchrashuvida 4:0 hisobidagi revansh olingan.



• "Siti" evrokuboklar doirasida to'rt bor ispan klublarini qabul qilgan: ikki g'alaba va ikki durang. O'tgan mavsumda inglizlar guruh bosqichida "Real" bilan durang o'ynashgandi. Serxio Agueroning penaltidan urgan goli “shaharliklar”ga durang keltirgandi – 1:1. 2011/12 yilgi mavsumda argentinalik futbolchining goli "Vilyarreal"ni mag'lub etishga xizmat qilgandi – 2:1.

• "Barsa" oxirgi Angliyadagi beshta o'yinda g'olib bo'la olmagan. 2011/12 yilgi mavsumda ECHL yarim finalida "CHelsi"ga 0:1 hisobida mag'lub bo'lgan. Oxirgi marta kataloniyaliklar 2006/07 yilgi mavsumda Angliyadagi uchrashuvni g'alaba bilan tugatgandi. O'sha yili xuddi shu bosqichda "Liverpul" taslim qilingan (1:0). "Enfild"dagi bahsda "blaugranlar" safida Viktor Valdes, Puyol, Xavi, Iniesta va Lionel Messi harakat qilishgandi.



• "Barselona" Angliyada 6 marta g'olib bo'lib 8 marta durang o'ynagan va 14 bor mag'lub bo'lgan.

• "Barsa" Manchester shahrida biron marta ham g'alaba qozonmagan. "Old Trafford"dagi to'rtta bahsda ikki mag'lubiyat va ikki durang qayd etilgan.

Klublar o'rtasidagi aloqalar
• "Siti" sport direktori Begiristayn 2003 -2010 yillarda shu lavozimda "Barselona"da ishlagan. U kataloniyaliklar safida 7 yil futbol o'ynagan. Bu davr mobaynida to'rt karra Ispaniya chempioni, kubok egalari kubogi, UEFA Superkubogi va Evropa chempionlar kubogi-1991/92 g'olibi bo'lgan.



• Yaya Ture "Barselona"da 2007-2010 yillarda o'ynagan. U Ispaniya chempionatining 74ta uchrashuvida to'rtta gol urgan. Afrikalik futbolchi bilan birga jamoa ikki marta mamlakatda tengsiz bo'lgan va 2008/09 yilgi mavsumda Evropa chempionlar ligasini yutgan.

• Aguero Ispaniya chempionatida "Barselona"ga qarshi 2006 -2011 yillarda "Atletiko" safida o'ynagan. Futbolchi Kataloniya klubi bilan 10ta bahsda 5ta to'p kiritgan.



• Xerard Pike "Manchester Yunayted" tarkibida 2004-2008 yillarda faoliyat olib borgan. Himoyachi "qizil iblislar" tarkibida 23 marta maydonga tushgan, biroq "Siti"ga qarshi umuman o'ynamagan.

• Navas Daniel Alves va Adriano bilan birga 2006 yilgi UEFA Superkubogi uchun bahsda "Sevilya" safida "Barselona"ni mag'lub etishgan.

Manchester Siti Musobaqadagi statistika Barselona
18 Gollar 16
50 To'pga egalik qilish (%) 63
88 Jami zarbalar 89
50 Aniq zarbalar 61
38 Noaniq zarbalar 28
18 Bloklangan zarbalar 4
3 darvoza ustuniga 0
27 burchak to'plari 46
21 ofsayd 19
16 sariq kartochka 12
  qizil kartochka  
86 qoida buzilgan 70
58 raqib qoida buzgan 83
3324 paslar 4812
2531 aniq paslar 4125


Narzulla Saydullaev.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика