"Manchester Siti" asosiy xavbeki bilan shartnomani uzaytirmoqchi
08 apr 11:59
Yangiliklar
"Manchester Siti" asosiy xavbeki bilan shartnomani uzaytirmoqchi
"SHaharliklar" futbolchiga ishonishadi.
"Manchester Siti" yarim himoyachi Rodriga yangi shartnoma taklif qiladi, deb xabar berdi "The Sun". Ispaniyalik futbolchining moliyaviy ahvoli sezilarli darajada yaxshilanadi.
Futbolchining klub bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilning iyunigacha amal qiladi. "SHaharliklar" futbolchiga 2029 yilning yozigacha maoshi haftasiga 300 ming funt bo'lgan yangi kelishuv taklif qiladi. Malumot uchun, hozirda u 180 ming oladi.
Rodri "Manchester Siti"da 2019 yildan beri to'p tepib keladi. 27 yoshli xavbek joriy mavsum barcha musobaqalarda 40 ta o'yin o'tkazib, 8 ta gol urdi va 12 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikrlar