“Manchester Siti”, “Arsenal” va “Lester” Evansni rad etishdi
01 sen 2017 01:26
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/275459_original.jpg)
![](/upload/storage/275459_220.jpg)
“Manchester Siti”, “Arsenal” va “Lester” Evansni rad etishdi
“Vest Bromvich” himoyachisi Jonni Evans ushbu transfer oynasi vaqtida jamoasini almashtira olmaydi.
“Manchester Siti” Evansni o'z safiga qo'shib olish uchun Eliakim Mangala bilan xayrlashishi lozim. Ammo francuz futbolchisi “Vest Bromvich” yoki “Kristal Pelas”ga ijaraga o'tishni istamayapti.
“Arsenal” SHkodran Mustafini boshqa jamoaga transfer qila olsagina, 29 yoshli shimoliy irlandiyalik futbolchini o'z tarkibiga jalb qila olishi mumkin.
“Lester” esa himoya chizig'ini kuchaytirish maqsadida “Bayer” himoyachisi Aleksandr Dragovichni ijaraga olish borasida kelishuvga erishdi. SHu bois ular ham Evans uchun kurashdan chiqishdi.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar